Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Yaxshiboyev Ronaldu darajasida o‘ynamoqdami?

Yaxshiboyev Ronaldu darajasida o‘ynamoqdami?

Baho:
+ | -

Jasur Yaxshiboyev uchun Belarus chempionatining yangi yulduzi bo‘lishi uchun atigi bir taym kifoya qildi. BATEga qarshi uchrashuvda ikkita gol kiritgan o‘zbek haqida ko‘p yozishmoqda, biroq biz bugun siz uchun yangi ma’lumotlarni berib o‘tishga harakat qilamiz.

InStat:JasurRonaldu darajasida o‘ynamoqda

Belarus chempionatining ochilish uchrashuvida Jasur juda yaxshi o‘yin o‘tkazdi. O‘zbekistonlik yigitcha futbolchilarning statistikasini hisoblab boruvchi taniqli InStat portali Jasur Yaxshiboyevning maydondagi harakatlarini 393 ball bilan taqdirladi. Futbolchining taktik va texnik tomondan ustunliklariga qo‘yiladigan baho borasida Jasur Yevropaning bir nechta top darajadagi futbolchilardan yaxshiroq natija ko‘rsatdi. Soddaroq qilib aytganda, Ronaldu o‘zining so‘nggi 6 uchrashuvidan bittasida 393 ball jamg‘argan edi. Shu kunga qadar Belarus chempionatida birorta futbolchi Jasur ko‘rsatgan natijaga yaqin ham kela olmagan. Undan keyingi o‘rinda Igor Stasevich 284 ball bilan bormoqda.

Nima uchun Jasur bu qadar yuqori ball to‘pladi? Keling, ko‘rib chiqamiz.

Birinchidan, o‘zbekistonlik futbolchi raqib darvozasi tomon 5ta aniq zarba berib, 2ta gol urdi. Bundan tashqari, Yaxshiboyev ajoyib tezligi va driblinglari bilan yodda qoldi. U raqib futbolchilarini 9 marta aldashga urinib, ularning 8tasini muvaffaqiyatli amalga oshirdi. Shuningdek, u bitta muhim uzatmani ham amalga oshirdi.

Keling, o‘zbek yigiti bilan yaqindan tanishib olamiz.

Bugungi kunda Jasur O‘zbekistonning eng iqtidorli futbolchilaridan biri sanaladi. 2015-yilda Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi nominasiyasi uchun da’vogarlik qilgan “Energetik-BGU” futbolchisi yakunda g‘olib chiqmagan, biroq kuchli uchlikni barca o‘zbekistonlik futbolchilar tashkil etgan edi. Keyinchalik qahramonimiz Xitoyda bo‘lib o‘tgan qit’a (U23) birinchiligida Jasur jamoasining chempionligi uchun katta hissa qo‘shgan.

Nima uchun Jasur “Paxtakor”dan ketdi?

Aslida Jasurbek ayni damda O‘zbekistonning eng kuchli futbolchilaridan biri, biroq “Paxtakor”da uning poziwiyasida o‘zbek futbolining eng kuchli futbolchisi – Jaloliddin Masharipovharakat qilmoqda. Shu o‘rinda qiziq fakt. “Energetik” Jasur bilan aloqaga chiqqanida, uning qo‘lida Janubiy Koreya klubidan kelib tushgan muoliyaviy “baquvvat” shartnoma bor edi. Shunga qaramay, futbolchi o‘sishni istadi va Belarusga uchib ketdi.

Til bilan muammolar bormi?

Jasur rus tilini deyarli bilmasada, yangi chaqiruvdan qo‘rqmay Belarusga yetib kelgani tahsinga sazovor. Shunday bo‘lsada, Jasur ingliz tilida yaxshi so‘zlasha olishini ham alohida qayd etib o‘tish joiz. Futbolchining jamoadoshlari aytishicha, u so‘nggi kunlarda rus tili borasida ham yaxshi yutuqlarga erishmoqda. To‘g‘ri, u hali to‘liq so‘zlasha olmayapti, biroq suhbatdoshining so‘zlarini tushunmoqda.

Bosh murabbiy qanday fikrda?

“Energetik-BGU” xo‘jayini Vladimir Belyavskiy o‘zbek futbolchisi haqida quyidagi fikrlarni bildirdi:

“U inglizchada chakki emas. Ayni damda rus tilini ham o‘rganmoqda va sekin-asta jamoa bilan til topishadi. Aslida osiyoliklarda adaptasiya jarayoni juda sekin kechadi, biroq Jasur allaqachon jamoadoshlari bilan kontaktga kirishdi. Tushuning, osiyoliklarga nimadir yoqmasa, ular barcha narsalarini yig‘ishtirib uyga ravona bo‘lishga o‘rganib qolishgann. Men shunday o‘zbek yigitlarini bilamanki, ularni Italiyaga chaqirishgan bo‘lsada, u yerdan ham vatanlariga qaytib ketishgan”.

Til o‘rganishdan tashqari, Jasur jamoa bosh murabbiyi Anatoliy Yurevichning og‘ir yuklamalariga dosh berishiga ham to‘g‘ri kelmoqda. Bu murabbiy o‘zining mavsum oldi og‘ir mashg‘ulotlar o‘tkazishi bilan dong taratgan. Tribuna.com nashriga ma’lum bo‘lishicha, Jasur bunday yuklamalarni qiyinchilik bilan yengib o‘tgan. Boz ustiga, qishda bir necha bor shamollab qolgani bois mashg‘ulotlarda katta kuch sarflash Jasurga og‘irlik qilgan. “Energetik” murabbiylarining aytishicha, Jasurning jamoaga kelgan chog‘idagi jismoniy tayyorgarligi juda sust bo‘lgan.

Belyavskiy: “Jasur barcha yuklamalarni normal qabul qildi. Barcha bizning mashg‘ulotlar juda og‘ir kechishi haqida bong uradi, biroq sobiqfutbolchilarimiz mashg‘ulotlarimizni sog‘inishlari haqida ko‘p bor ta’kidlashgan. Bilasizmi, agar futbolchi qilinayotgan mashg‘ulotlar samarasini his etsa, yanada ishtiyoq bilan harakat qilishni boshlaydi. Eng muhimi shundaki, o‘zbek futbolchisimaydonda aql bilanharakat qiladi. BATEga qarshi uchrashuvdan so‘ng, raqib murabbiyi – Vladimir Borisovich Kurnev menga qo‘ng‘iroq qildi. U insonning fikrlarini eshitish men uchun doimo qiziq bo‘lgan. Kurnev menga Jasur birinchi golnikiritgan vaziyat haqida shunday dedi: “Bu golni tabloda hisob 3:0 bo‘lib turgandagina kiritsa bo‘lar edi, biroq 0:0 chog‘ida emas. Bunday yo‘l tutish uchun futbolchidan sovuqqonlik talab etiladi. Shunga qaramay, uning o‘sishi kerak bo‘lgan aspektlar mavjud. Uning jismonan o‘sishi uchun imkon yaratib bering. Shundaybo‘lsada, uning hozir ham imkoniyatlari chakki emas. Ayniqsa, tezligi meni quvontirdi. Agar ishonmasangiz, Besmertniy unga tezlik borasida yeta olmagan vaziyatni tomosha qiling».

Yangi pozisiya

Anatoliy Yurevich Jasurdan qanot vingeri sifatida emas, markaziy hujumchi o‘rnida foydalanmoqda. O‘zining kuchli texnikasi va tezligi yordamida Jasur markaziy hujumdagi “stolba” Junior Atemangni to‘ldirmoqda. Kamerunlik hujumchi o‘tgan mavsumda aytarli hech qanday karomat ko‘rsatmadi, biroq Yaxshiboyev bilan uning o‘yini yanada samarali chiqmoqda.

Hozircha o‘zbekistonlik iqtidor egasi “Energetik-BGU” safida ijara asosida to‘p surmoqda. Agar u o‘zini ko‘rsata olsa, “Paxtakor” belaruslik do‘stlarini xafa qilmaslikka so‘z bergan.

“Ha aytgancha, ko‘pchilik menga nima uchun Belarusda ham Yaxshiboyev singari qiziqarli futbolchilari chiqmayotgani haqida savol bermoqda. Agar siz Toshkentga borsangiz, u yerdagi futbol akademiyalari qanday barpo etilganiga guvoh bo‘lasiz. U yerda faqat anqoning urug‘i yo‘q xolos. U yerdagi bolalarning iqtidorini rivojlantirish uchun qilinayotgan ishlarni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rsangiz, barchasini tushunib olasiz”.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 18:32, 25.03.2020.
O'qildi: 7743 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.