Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati 1 yilga surilishi mumkin

Yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati 1 yilga surilishi mumkin

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

Xabaringiz bor, joriy yil o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlari bir yil ortga surildi. Bo‘lajak Olimpiya o‘yinlari katta ehtimolda yoz faslida o‘tkaziladi. Bu esa 2021 yil yoz oylariga belgilangan jahon chempionatlarining o‘tkazilishiga katta ta’sir o‘tkazishi turgan gap.

Xalqaro yengil atletika federasiyasi rahbari Sebastyan Koe 2021 yilning 6-15 avgust kunlari o‘tishi kerak bo‘lgan navbatdagi jahon chempionatini surish taklifi bilan chiqdi. Taklifga ko‘ra, AQSHning Yujin shahrida o‘tadigan musobaqa 2022 yili o‘tishi mo‘ljallangan. Eslatib o‘tamiz, yengil atletika bo‘yicha jahon chempionatlari har ikki yilda bir marotaba o‘tkaziladi.

Agar ushbu qaror ma’qullanadigan bo‘lsa, yengil atletikachilarni ketma-ket 5 yil mobaynida har yozda yirik musobaqalar kutib turadi. Bunday vaziyat muxlislar uchun yoqimli bo‘lsa-da, sportchilarni bir muncha qiyin vaziyatga solib qo‘yishi turgan gap. Yengil atletika ishqibozlarini har yozda quyidagi musobaqalar kutmoqda:
2021 yil: Tokio Olimpiadasi;
2022 yil: Jahon chempionati (Yujin, AQSH);
2023 yil: Jahon chempionati (Budapesht, Vengriya);
2024 yil: Parij Olimpiadasi;
2025 yil: Jahon chempionati (mezbon noma’lum).

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 13:44, 28.03.2020.
O'qildi: 2201 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.