Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

“Real Madrid” Martinelli bilan qiziqmoqda

 

Londonning “Arsenal” jamoasi hujumchisi Gabriyel Martinelli “Real Madrid” jamoasi nishonida turibdi.

“Marca” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “qaymoqranglilar” yozda jamoani tark etishi kutilayotgan Luka Yovichning o‘rnini Zayniddin Zidan braziliyalik futbolchi bilan to‘ldirishni istamoqda.

Eslatib o‘tamiz, Madrid super klubi yozda shuningdek Erling Xoland va Killian Mbappe uchun harakat qilib ko‘radi.

“Barselona” Dembelening narxini e’lon qildi

 

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi Usman Dembeleni sotishga qaror qildi. Bu haqida “TheSun” nashri ma’lum qilmoqda.

Avvalroq hujumchi bilan Angliyaning “Liverpul” jamoasi qiziqayotgani haqida xabar bergan edik.

Manbaning ma’lum qilishicha, “Liverpul” jamoasiga “Barselona” Usmanni 80 million yevroga sotishga tayyor ekanligini rasman e’lon qilgan.

Hozircha transfer haqida boshqa ma’lumotlar yo‘q, biroq Usman Dembelening yozda Katoliniyani tark etishi tobora oydinlashib bormoqda.

Pedro Italiya klubi nishonida

 

Angliyaning “Chelsi” jamoasi vingeri Pedro Italiyaning “Lasio” jamoasi radariga tushib qoldi. Bu haqida taniqli “LeGazzetadellaSport” nashri ma’lum qilmoqda.

Yozda erkin agentga aylanishi kutilayotgan ispaniyalik futbolchi uchun Rim klubi 3 yillik shartnoma taklif qilmoqchi. Manba bergan xabarga ko‘ra, Pedro uchun Rim klubi yiliga 3 million yevro maosh berishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Pedro va uning agenti Italiya klubiga o‘tish borasidagi muzokaralarni boshlab yuborishgan.

Azmunning narxi ma’lum bo‘ldi

 

Rossiyaning “Zenit” jamoasi eronlik hujumchisining narxini e’lon qildi.

“Todofichajes”ning ma’lum qilishicha, “Zenit” Sardor Azmun borasida “Napoli” tomonidan tushgan taklifni ko‘rib chiqqan va o‘z hujumchisini 25 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor ekanligini rasman ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Serdar Azmun bilan Rimning “Lasio” klubi qiziqib qolgan edi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 23:19, 28.03.2020.
O'qildi: 7592 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.