Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Yuqori did sohibi»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Yuqori did sohibi»

Baho:
+ | -

29 mart bugun. Yoshligimda Italiya A seriyasi o‘yinlarini boshqacha kuzatardim. U yerda o‘ynovchi har bir pleymeyker ko‘zimga tengsiz qobiliyat egasi bo‘lib tuyulardi. Rostanam shunday edi o‘zi.

Hatto millati italyan bo‘lmagan legioner yulduzlar ham bu vohada italiyalikka aylanib ketishar, harakatlarida qadimgi Rimning savlati namoyon bo‘lardi.

Ana shunday noyob talant sohibi – portugaliyalik Rui Koshta uchun bugungi sana muhim. 1972 yili tug‘ilgan.

Italiyada 12 yil o‘ynagan, “Fiorentina”da Batigolga o‘xshab fialkalarning suyumlisiga aylanib qolganida, “Milan”ga dahshatli summa evaziga asr avvalida o‘tgan.

“Milan”da besh yil o‘ynadi. Chempionlar ligasi g‘olibiga aylandi. Rossoneri tarkibida nozik harakatlari bilan uzoq yillar muxlislar xotirasida saqlanib qoldi.

2004 yili terma jamoasi bilan eng ajoyib mavsumini o‘tkazgan, desak, mubolag‘a ishlatmagan bo‘lamiz. Portugaliya terma jamoasi uyidagi Yevroda Gresiyaga imkoniyatni boy berguniga qadar Rui Koshtaning yelkasida edi. Krishtianu Ronaldu endi-endi “kattalar” ichiga kirib kelayotgan lahzalar edi.

Luish Figu va Eysebio singari Koshta ham hujumchi ortidagi yarim himoyachi bo‘lgan.  Jahon futbolining eng yaxshi trekvartistlaridan biri. Golga assistlik borasida ham, driblingda ham, zarbada ham Rui zo‘r sanalgan, ammo uning eng katta yutug‘i – maydonni yaxshi ko‘ra olishi edi. To‘pni olgan zahoti ochiq qolgan sherigini topar, yo o‘sha sheriklariga hudud ochishga ustasi farang edi. “Milan” klubi va Portugaliya terma jamoasi qanday muvaffaqiyatga erishgan bo‘lsa, bugungi qahramonimizning beqiyos xizmatlari evaziga sodir bo‘lgan.

Xullas, yosh avlod, bilib qo‘ying, Portugaliyada Ronaldudan avval ham zo‘r o‘yinchilar bo‘lgan.

Manba: https://t.me/x_hamidov

Руи Коштанинг ҳаракатларидан баҳра олинг!

Kiritildi: 07:11, 29.03.2020.
O'qildi: 3677 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик