Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid 2-1 Bavariya
10/05 23:45 Frozinone - Inter
11/05 00:00 Nissa - Gavr
11/05 00:00 Brest - Reyms
11/05 00:00 Alaves - Jirona

Agar mavsum yopilsa...

Agar mavsum yopilsa...

Baho:
+ | -

UYEFAga a’zo aksariyat milliy assosiasiyalar qaramog‘idagi chempionatlar taqdiri mavhumligicha qolmoqda. Tasavvur qiling, agar UYEFA joriy mavsumni hozirgi holatida yopishga qaror qilsa, nima bo‘ladi? Ya’ni qaysi klublar chempionlikni nishonlaydi, yevrokuboklar yo‘llanmalari kimlarga nasib etadi?

Ispaniyaning eng obro‘si baland nashrlaridan biri AS oldinroq UYEFA agar o‘yinlarni davom ettirish iloji topilmasa, barcha chempionatlarning hozirgi natijasini rasman tan olib, mavsumni yopishi mumkinligi xususida ma’lumot tarqatgan edi. Ushbu g‘oyaga muvofiq, ayni payt turnir jadvalining 1-o‘rnida borayotgan klublarga chempionlik maqomi beriladi. Yevrokuboklar yo‘llanmalari ham ayni shu qoida bo‘yicha taqsimlanadi. Koronavirus tahdidi pasaymasa, shunday ssenariyning yuzaga kelishi ehtimoli yo‘q emas. To‘g‘ri, bu g‘ayrioddiy yechim, ammo zamirida ozgina asos ham bor. Qiziq, Yevropa milliy chempionatlari tahlili natijasi qanday? UYEFA chindan ham, mavsumni yopish haqida qat’iy qaror qabul qilsa, qit’adagi 20ta kuchli birinchilik yakuni qanday natijalarni taqdim etadi.

MAVSUM-2019/2020: EHTIMOLIY CHEMPIONLAR

Ispaniya — «Barselona» (eng yaqin ta’qibchi bilan farq — 2 ochko)
Angliya — «Liverpul» (eng yaqin ta’qibchi bilan farq — 25 ochko)
Italiya — «Yuventus» (eng yaqin ta’qibchi bilan farq — 1 ochko)
Fransiya — «PSJ» (eng yaqin ta’qibchi bilan farq — 12 ochko)
Germaniya — «Bavariya» (eng yaqin ta’qibchi bilan farq — 4 ochko)
Rossiya — «Zenit» (eng yaqin ta’qibchi bilan farq — 9 ochko)
Portugaliya — «Portu» (eng yaqin ta’qibchi bilan farq — 1 ochko)
Belgiya — «Bryugge» (eng yaqin ta’qibchi bilan farq — 15 ochko)
Ukraina — «Shaxtyor» (eng yaqin ta’qibchi bilan farq — 13 ochko)
Turkiya — «Trabzonspor» (eng yaqin ta’qibchi bilan farq — yo‘q. «Istanbul Bashakshehir» va «Trabzonspor» teng miqdorda ochko to‘plagan, faqat ikkinchisi o‘zaro o‘yinlar bo‘yicha ustunlikka ega)
Niderlandiya — «Ayaks» (eng yaqin ta’qibchi bilan farq — yo‘q. AZ va «Ayaks» teng miqdorda ochkoga ega, faqat ikkinchisi to‘plar nisbati bo‘yicha ustunlikka ega)
Avstriya — LASK (eng yaqin ta’qibchi bilan farq — 3 ochko)
Chexiya — «Slaviya» (eng yaqin ta’qibchi bilan farq — 8 ochko)
Gresiya — «Olimpiakos» (eng yaqin ta’qibchi bilan farq — 14 ochko)
Xorvatiya — «Dinamo» Zg. (eng yaqin ta’qibchi bilan farq — 18 ochko)
Daniya — «Midt’yulland» (eng yaqin ta’qibchi bilan farq — 12 ochko)
Shveysariya — «Sankt-Gallen» (eng yaqin ta’qibchi bilan farq — yo‘q. «Yang Boyz» va «Sankt-Gallen» teng miqdorda ochko to‘plagan, faqat ikkinchisi o‘zaro o‘yinlar bo‘yicha ustunlikka ega)
Kipr — «Omoniya» (eng yaqin ta’qibchi bilan farq — yo‘q. «Anortosis» va «Omoniya» teng miqdorda ochko to‘plagan, faqat  ikkinchisi o‘zaro o‘yinlar bo‘yicha ustunlikka ega)
Serbiya - «Srvena Zvezda» (eng yaqin ta’qibchi bilan farq — 11 ochko)
Shotlandiya — «Seltik» (eng yaqin ta’qibchi bilan farq — 13 ochko)

Xo‘sh, AS «teoriya»si ish bersa, yevrokuboklarga qaysi klublar chiqadi? Quyidagi jadvalda «Manchester Siti»ning oldiga taqiq qo‘yilgani e’tiborga olingan.

MAVSUM-2019/2020: YEVROKUBOKLAR MASALASI

Assosiasiya

CHL guruh bosqichida o‘ynashi aniq klublar

CHL yoki YELga chiqadigan klublar

YEL guruh bosqichida o‘ynashi aniq klublar

Ispaniya

«Barselona», «Real», «Sevilya», «Real Sosyedad»

-

«Xetafe», «Atletiko»

Angliya

«Liverpul», «Lester», «Chelsi», «MYU»

-

«Vulverxempton», «Sheffild Yunayted»

Italiya

«Yuventus», «Lasio», «Inter», «Atalanta»

-

«Roma», «Napoli»

Germaniya

«Bavariya», «Borussiya» D., «RB Leypsig», «Borussiya» M.

-

«Bayer», «Shalke»

Fransiya

«PSJ», «Marsel»

«Renn»

«Lill», «Reyms»

Rossiya

«Zenit», «Lokomotiv»

«Krasnodar»

«Rostov»

Portugaliya

«Portu»

«Benfika»

«Braga»

Belgiya

«Bryugge»

«Gent»

«Sharlerua»

Ukraina

«Shaxtyor»

«Zarya»

«Dinamo» K.

Turkiya

«Trabzonspor»

-

«Galatasaroy»

Niderlandiya

-

«Ayaks»

«Feyenoord»

Avstriya

-

LASK

«Rapid»

 Ushbu g‘oyada eng katta bahs-munozara ko‘taradigan masala - bu ligadan tushib ketish tizimi. Deylik, Britaniyaning sport tabloidi Sky Sports xabariga ko‘ra, APLdan birota jamoaning pastga «qulamasligi» ehtimoli katta, lekin Chempionshipning ikki yetakchisi kuchlilar qatoriga qo‘shiladi va keyingi mavsum Angliya elit divizionida ishtirokchilar soni 22ta bo‘ladi. Umuman, boshqa chempionatlarda ham shunday yo‘l tutilsa kerak agar finish marrasiga yetish imkoni topilmasa. Bordiyu, mavsumning hozirgi holati rasman yakuniy natija sifatida olinsa, qaysi klublar pastga tushadi?

MAVSUM-2019/2020: LIGADAN TUSHIB KETISH MASALASI

Ispaniya - «Malyorka», «Leganes», «Espanyol»
Angliya — «Bornmut», «Aston Villa», «Norvich»
Italiya - «Lechche», SPAL, «Breshiya»
Germaniya - «Verder», «Paderborn» (16-o‘rin egasi «Fortuna» reglament bo‘yicha «pley-off» o‘yinida qatnashishi kerak, ammo...)
Fransiya - «Amyen», «Tuluza» (18-o‘rin egasi «Nim» reglament bo‘yicha «pley-off» o‘yinida qatnashishi kerak, ammo...)

Agar chempionatlar shu holatida tugatilsa, unda eng kuchli 12ta ligada quyidagi futbolchilar bosh to‘purar maqomini olishadi:

Ispaniya - Lionel Messi («Barselona»), eng yaqin ta’qibchi bilan farq - 5ta gol
Angliya - Jeymi Vardi («Lester»), eng yaqin ta’qibchi bilan farq - 2ta gol
Italiya - Chiro Immobile («Lasio»), eng yaqin ta’qibchi bilan farq - 6ta gol
Germaniya - Robert Levandovski («Bavariya»), eng yaqin ta’qibchi bilan farq - 4ta gol
Fransiya - Kilian Mbappe («PSJ»), eng yaqin ta’qibchi bilan farq - yo‘q. Vissam Ben-Yedder («Monako») hisobida ham 20ta gol bor, faqat Mbappeda o‘yinlar soni 6ta kam
Rossiya - Artyom Dzyuba («Zenit»), eng yaqin ta’qibchi bilan farq - 2ta gol
Portugaliya - Karlos Vinisius («Benfika»), eng yaqin ta’qibchi bilan farq - 1ta gol
Belgiya - Jonatan Devid («Gent»), eng yaqin ta’qibchi bilan farq - yo‘q. Dmersi Mbokani («Antverpen») hisobida ham  18ta gol bor, faqat Jonatanda o‘yinlar soni 1ta kam
Ukraina - Junior Morayes («Shaxtyor»), eng yaqin ta’qibchi bilan farq - 4ta gol
Turkiya - Aleksander Serlot («Trabzonspor»), eng yaqin ta’qibchi bilan farq - 3ta gol
Niderlandiya - Stiven Bergxyuys («Feyenoord»), eng yaqin ta’qibchi bilan farq - yo‘q. Sayrel Dessers («Xerakles») hisobida ham 15ta gol bor, faqat Sayrel hisobida o‘yinlar soni 2ta kam
Avstriya - Shon Veysmann («Volfsberg»), eng yaqin ta’qibchi bilan farq - 5ta gol

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 08:09, 29.03.2020.
O'qildi: 4744 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.