Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Furqat Mustafoqulov: «Surxondaryo bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasida tabiiy gaz muammo...»

Furqat Mustafoqulov: «Surxondaryo bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasida tabiiy gaz muammo...»

Baho:
+ | -

Surxondaryo viloyat bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasi direktori Furqat Mustafoqulov "Surxon" klubi matbuot xizmatiga intervyu berdi.

— Futbolchilik faoliyatingizni qachon boshlagansiz?
— Futbolchilik faoliyatimni 13 yoshimdan boshlaganman. "Surxon" klubida 1995 — 2000 yillarda to‘p surganman. So‘ngra og‘ir jarohatdan keyin murabbiy bo‘lib futbol maktab internatida ishlaganman.

— Qachondan Surxondaryo viloyat bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasiga direktor bo‘ldingiz?
— 2018 yil 20 iyuldan boshlab Surxondaryo bolalar va o‘smirlar futbol akademiyasida direktor bo‘lib ishlab kelmoqdaman.

— Bugungi kunda futbol akademiyada sharoitlar qay darajada?
— Sharoitlar yomon emas. Faqat shu tabiiy gaz muammo. Qishda bolalarimiz biroz qiynalishadi.

— Futbolchilar futbol akademiyasiga qay tartibda tanlab olinadi?
— Asosan seleksiya ishlari bilan. 3 nafar seleksioner murabbiylarimiz bor. Futbolchilar asosan umumiy o‘rta ta’lim maktablaridan, BO‘SMlardan  saralab olinadi.

— Akademiya direktori sifatida kelajakda nimalarni o‘zgartirish niyatingiz bor?
— Akademiyani moddiy texnikasini, bazasini rivojlantirish, sun’iy qoplamali maydon qurish, murrabbiylarni malakasini oshirish, tumanlarda futbolni ommaviyligini oshirish niyatim bor.

— Bugungi kunda Surxondaryoda futbolchi yetishib chiqmayotganligi nima sabab bo‘lmoqda deb o‘ylaysiz?
— Surxondaryo — futbolchilar yurti. Hozirgi kunda O‘zbekistonning bir qancha klublarida viloyatimizda yetishib chiqqan futbolchilar, Superliga bahslarida  ishtirok etib kelmokda. Hozirgi kunda akademiyaning 24 nafar o‘quvchilari U-18 va U-21 musobaqalarida o‘ynab kelmokda. Ishonamanki, 1-2 yildan keyin ushbu futbolchilar asosiy tarkibga jalb qilinadi.

— Futbolchi bo‘lib yetishish uchun aynan futbol akademiyasida tahsil olish shartmi?
— Hozirgi kunda terma jamoalarimizga jalb qilinayotgan asosiy futbolchilar "Bunyodkor", "Nasaf", "Paxtakor","Mashal", futbol akademiyalardan  yetishib chiqqan futbolchilardir. Hududiy Akademiyalar o‘rtasida 4 ta yoshlar toifasida o‘quvchilar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati, Kubogi tashkil qilindi. Ushbu musobaqalardan o‘quvchilar terma jamoalar murabbiylari tomonidan nazorat qilinib, saralanib olindi. O‘quvchilar akademiyada tahsil olishi shart deb bilaman.

— Bugungi kunda akademiyada tahsil olgan futbolchilarning birortasi Superliga asosiy yoki o‘rinbosarlar tarkibida bo‘lsa ham to‘p surayaptimi?
— Yuqorida ta’kidlab o‘tganimdek, akademiya tahsil olayotgan  24 nafar o‘quvchilar  "Surxon" futbol klubimizda viloyatimiz sha’nini himoya qilib kelmokda.

— Akademiya maydoni talab darajasida emas. Bu bo‘yicha biror chora-tadbirlar ko‘rildimi?
— Akademiyada 2ta tabiiy  maydon mavjud. Hozirgi kunda maydonlar talab darajasida. Maydonni hozirgi kunda sug‘orish ishlari olib borilmokda.

— Akademiyada futbolchilarning dam olish xonalari talab darajasidami?
— Akademiyada futbol o‘yinlarini tahlil qilish xonasi, o‘quvchilar bo‘sh vaqtlarida kompyuter o‘ynashi uchun maxsus xona, dam olish uchun alohida xonalar mavjud.

Manba: https://t.me/FCSURXON_OFFICIAL
Kiritildi: 14:27, 29.03.2020.
O'qildi: 2401 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.