Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Farhod Bekmuratov "Lokomotiv"da o‘ynab keta olmagani, nima uchun xorij klublari taklifini rad etgani, Xomyakovning iste’fosi haqida

Farhod Bekmuratov "Lokomotiv"da o‘ynab keta olmagani, nima uchun xorij klublari taklifini rad etgani, Xomyakovning iste’fosi haqida

Baho:
+ | -

Karantin vaqtida zerikmasligingigz uchun e’tiboringizga Superliga klublarining futbolchilari va legionerlar bilan intervyular taqdim etib borishda davom etamiz. Bugungi suhbatdoshimiz “Andijon” klubi yarim himoyachisi, sardori Farhod Bekmuratov.

–  Assalomu alaykum! Farhod aka karantin qanday o‘tmoqda?

– Va alaykum assalom! Hammasi rejadagidek. Karatin davrida murabbiylarimizning ko‘rsatmasiga asosan belgilab berilgan mashqlarni bajarib, o‘z sport formamizni ushlab turishga harakat qilyapmiz.

– Mavsum endi boshlanganida yana to‘xtadi bu futbolchining jismoniy xolatiga qanchalik tasir qiladi?

– To‘g‘ri hozir xamma uyda. Albatta tasir qiladi, murabbiylarimiz yuklamalar yozib bergan shularni bajaryapmiz. Ammo, baribir jamoaviy mashg‘ulot qilganga yetmaydi. Xudo xohlasa, bu kunlardan xam eson omon o‘tib olamiz. Bu sinovlar vaqtincha ekanligini barchamiz tushunib turibmiz. Yaqin vaqtlar ichida albatta pandemiya bartaraf etiladi va chempionatimiz tiklanib, muxlislarni xursand qilishda davom etamiz.

– "Andijon"ni mavsum avvalida bir nechta yetakchi futbolchilari jamoa moliyaviy qiyinchilikka "botib" qolganini bilib tark etishdi, lekin siz qoldingiz buning sababi nimada?

– Qolganimning sabablari ko‘p. Birinchidan, viloyat hokimimiz Shuxratbek Qushaqboyevich Abduraxmonovga va’da berganman qolaman deb, shuningdek klubimiz rahbari ham qolishimni xohladi. Qolaversa, Xomyakovga ham o‘tgan mavsum o‘rtalarida keyingi yil ham “burgutlar” safida qolaman degandim. “Andijon”ning sodiq muxlislari uchun ham jamoada qoldim. Bunday muxlislar O‘zbekistonda bitta.

– Jamoa joriy mavsum ancha yoshargan tarkib bilan mavsumni boshladi, sizningcha bu yosh tarkib bilan qanchalik uzoqqa borish mumkin?

– To‘g‘ri, Andreevich shunday tarkib qilishni xohladi. Ko‘p bor ta’kidlagan edi: Meni yoshlar bilan ishlashga tajribam bor, aytganlarimni qilsanglar hammasi yaxshi bo‘ladi, derdi. Nasib qilsa uzoqroqqa borishga harakat qilamiz va klubimiz rahbarlari, muxlislarimizni xursand qilishga harakat qilamiz.

– O‘z vaqtida sizga xorij klublaridan ham takliflar bo‘lgandi, lekin ketmagandingiz "Andijon"da qolishingizni kim xohlagan?

– Oila a’zolarim bilan maslahatlashgan holda kolishga qaror kilgandim. Agar  bilsangiz, o‘tgan yili “Buxoro” bilan o‘yindan 2 kun oldin o‘g‘il farzandlik bo‘lgandim.  Gol ham o‘rib, o‘g‘limga bag‘ishlagandim. Shu ham chetga ketmaslikka sabab bo‘ldi. Nasib qilsa keyingi yil xorij klublarida paydo bo‘lishim mukin.

–  Agar sir bo‘lmasa, qaysi chempionat klublaridan takliflar bo‘lgandi?

–  Malayziya.  Vyetnam.  Tayiland.

–  Mavsum avvalida Superliganing boshqa jamoalaridan ham takliflar bormidi?

–  Ha, takliflar bor edi. Superliganing 4ta jamoasidan aniq taklif bor edi. Lekin men vaziyatni  to‘g‘ri tushuntirdim. Fursatdan foydalanib, meni o‘z jamoasida ko‘rmoqchi bo‘lgan murabbiylarga minnatdorchilik bildiraman.

–  Bir necha yil avval "Lokomotiv"da ham o‘ynab qaytdingiz, "temiryo‘lchilar" safida ochilib ketishingizga nima to‘sqinlik qildi?

–  Birinchidan, Andrey Vitaliyevich Fyodorovga menga shunday imkoniyat yaritib berganligi uchun katta rahmat aytmoqchiman. Bilasiz, tarkib kuchli edi, tan olaman rakobatda yutqazganman.

– Bizda chekka qishloqlarda iqtidorli futbolchilar juda ko‘p, biroq ularning homiylari yo‘q!” qabilidagi gaplar so‘nggi yilllarda ancha urchib ketdi. Bular qanchalik haqiqat?

– Bu haqda aniq bir narsa deya olmayman. Hammasi mehnatga bog‘liq. Agar siz bor vujudiz bilan harakat qilsangiz, albatta rohatini olasiz. Aytishadiku, mehnatning tagi rohat deb.

– Jamoaga bir qancha legionerlar kelib qo‘shildi. Legioner maxalliy futbolchilardan bir bosh ustun bo‘lishi kerak. Ularning ustunliklari nimada?

– Ha, gapingiz to‘g‘ri. Zozulya bilan Litvyakov jamoaga ertaroq kelishdi o‘rtoqlik o‘yinlarida ham murabbiylar sinab ko‘rishdi, maqul kelganligi uchun olib qolishdi. Ko‘rinib turibdiki, 3ta o‘yindan buyon yaxshi o‘ynashmoqda. Ikki nafar nigeriyalik legionerlar chempionat boshlanishiga 1 hafta kolganda ko‘shilishdi. Xali ular ham o‘z o‘yinlari bilan muxlislarimizni xursand qilishadi degan umitdaman.

– Xomyakovni ketishiga moliyaviy qiyinchilik sabab bulgani sir emas, lekin o‘tgan yili xam jamoada moliyaviy axvol qiyin paytda sabr kilib ishlagandi, uning ketishiga balki kimdir sabab bulgandir?

– To‘g‘ri, jamoada moliyaviy qiyinchiliklar bor edi. Lekin, viloyatimiz hokimi barchani 1 mart kuniga qadar to‘liq hisob-kitob qildi. Lekin shundan so‘ng ham Xomyakovning fikri o‘zgarmadi. Balki, klub rahbariyati bilan orada qandaydir kelishmovchilik yuzaga kelgandir, bunisidan xabarim yo‘q.

– Agar esingizda bo‘lsa, Andijon hokimi tomonidan futbolchilar haqida bildirilgan fikrlar videoroligi keng tarqalgan edi. Ushbu holatdan so‘ng, futbolchilar qanday ahvolga tushib qolgandi?

– O‘sha videorolik noto‘g‘ri talqin qilngan edi, shu sababli o‘rtada tushunmovchilik yuzaga keldi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 10:02, 30.03.2020.
O'qildi: 3821 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.