Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

Terim koronavirusni yengdimi? Grilish sharmanda bo‘ldi va haftaning qiziqarli xabarlari

Terim koronavirusni yengdimi? Grilish sharmanda bo‘ldi va haftaning qiziqarli xabarlari

Baho:
+ | -

Terim koronavirusni yengdimi? Grilish sharmanda bo‘ldi va haftaning qiziqarli xabarlari

Stadion.uz koronavirus bilan og‘rigan futbolchi va murabbiylarning ahvoli bilan tanishtirishda davom etadi.

Fotix Terim

“Galatasaroy” jamoasi bosh murabbiyi Fotix Terim o‘tgan hafta COVID-19 virusi bilan og‘rigani haqida xabar bergan edik. Ochig‘i, 66 yoshli mutaxassisning bu kasallikka chalingani ko‘pchilikni xavotirga solgan edi. Katta yoshdagi insonlarda og‘ir kechadigan virus simptomlari turkiyalik murabbiyni katta qiyinchilik bilan bo‘lsada bartaraf etishga muvaffaq bo‘ldi.

Turkiyaning “Sabah” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “imperator” bugun kasalni to‘liq yengganini shifokorlar ma’lum qilgan. Qahramonimiz shifoxonada bo‘lishiga qaramay, tvitter orqali barcha bilan fikr almashib turdi. Bundan tashqari, aynan u Turkiya chempionatini to‘xtatish borasida birinchilardan bo‘lib tashabbus bilan chiqdi. Manba bergan xabarlarga qaraganda, tez orada shifokorlar Terimni karantindan chiqishiga ruxsat beradi.

“Valensiya”da nima gaplar

Yevropa klublarining birortasi koronavirus yuqtirib olish borasida “Valensiya” bilan tenglasha olmasa kerak. Achinarlisi shundaki, ayni damda klub futbolchilaridan biryo‘la 10 nafarida virus aniqlangan bo‘lsa, yana 15 ta klub personal xizmatchilari ham COVID-19 yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi. Bugungi kunda butun “Valensiya” jamoasi karantinga olingan. Klub matbuot himzati futbolchilarning ahvoli haqida ma’lumot berishdan bosh tortmoqda. Klub xodimlarining ahvoli esa, ancha yaxshilangani haqida MArca nashri ta’kidlab o‘tdi.

“Atalanta” darvozabonining ahvoli og‘ir

Bergamo klubi futbolchilarining katta qismi virus chalinganidan xabaringiz bor. Ayni damda, Italiya virusning markaziga aylanib bormoqda. “Atalanta” futbolchilari orasida birinchilardan bo‘lib COVID-19 aniqlangan Marko Sportyelloning ahvoli ancha og‘ir ekanligi ma’lum qilindi. Darvozabon birinchilardan bo‘lib klub prezidentiga “Atalanta” uchun mavsum yakunlanganini ma’lum qilishni tavsiya qilgan edi. Shifokorlarning ma’lum qilishicha, darvozabonning imuniteti biroz pastroq bo‘lgani bois, organizmi kasallikni yengishga qiynalmoqda. Shunga qaramay, Sportyello ijtimoiy tarmoqlar orqali barchani birlashishga chorlamoqda.

Klub prezidenti vafot etdi

Italiya C seriyasidan faoliyat yuritadigan “Pergokrema” klubi sobiq prezidenti Andrea Mikele, afsuski, koronavirus tufayli hayotdan ko‘z yumdi.

Lombardiya klubi prezidenti jamoa uchun katta naf keltirdi. U jamoani qo‘lga olgach, klub D seriyada g‘alaba qozondi va chinakam professional klubga aylandi. Jamoa akademiyasi ham ish berishni boshladi. Alessio Takkinardi va Dario Ubner singari futbolchilarni yetkazib bergan “Pergokrema” rahbari o‘zining abjirligi bilan Italiyada nom qozongan edi. Afsuski, koronavirus 37 yoshli mutaxassisni erta hayotdan olib ketdi. Agar, ushbu virus bo‘lmaganida, Andrea tez orada grand klublardan birida ish boshlashi aniq edi...

Turkiyada vaziyat jiddiy

Istanbulning “Fenerbahche” klubi jamoaning asosiy futbolchilaridan biri va klub shifokori ushbu virusni yuqtirib olganini tan oldi, biroq ularning nomini oshkor qilishni istamayapti. “Sabah” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “Fenerbahche”ning legionerlaridan biri ushbu virusni yuqtirib olgan va u ayni damda uyda karantin rejimida o‘tiribdi. Klub shifokorining ahvoli ancha yaxshilangani haqida klub rasmiy sayti xabar berganiga qaramay vaziyat ancha jiddiy.

Ispaniyada futbolchilar COVID-19 bilan kurashmoqda

“Valensiya” futbolchilarining virus yuqtirib olishi bilan ish to‘xtagani yo‘q. Ayni damda “Espanyol” futbolchilarining ikkitasida ushbu kasallik alomatlari kuzatilgan. Shuningdek, “Elche” futbolchisi Jonatas ham rasman kasal yuqtirib olganini ma’lum qildi. Ayni damda u 15 kunlik karantinda. Bundan tashqari, “Jirona” jamoasining bir yo‘la 2 futbolchisi karantinda saqlanmoqda. Ularning sog‘lig‘i qanda ekanligi borasida hozircha ma’lumotlar yo‘q.

Ronalduda hammasi joyida

Krishtianu Ronaldu yaqindagina koronavirus borasida test topshirdi. Unda hech qanday virus alomatlari aniqlanmagan. “Yuventus” futbolchisi Rugani bu dardga duchor bo‘lgan bo‘lsada, Krishda bu borada hech qanday muammo chiqmagani quvonarli.

Rossiyalik futbolchilarning birortasida hozircha ushbu virus aniqlanmagan bo‘lsada, Oston O‘runovning jamoadoshi Olivye Tillda kasallikning simptomlari aniqlangan. Klub rasmiy sayti bergan xabarlarga qaraganda,lyuksemburglik futbolchi topshirgan so‘nggi test salbiy natija bergan va uning ahvoli juda yaxshi.

APLda vaziyat yumshamoqda

Angliyaning “Vest Xem” klubi prezidenti klub futbolchilarining biryo‘la 8 nafarida shamollash alomatlari borligi bois test topshirgani va ularda COVID-19 aniqlanmagani borasida rasmiy bayonot bilan chiqdi. Karren Breydining aytishicha, ular shunchaki shamollab qolishgan xolos.

Grilish sharmanda bo‘ldi

Bu haftaning antiqahramoni so‘zsiz Jek Grilish bo‘ldi desak, adashmagan bo‘lamiz. “Aston Villa” sardori o‘z ijtimoiy tarmoqlariga barchaga karantin chog‘ida uydan chiqmaslikni maslaxat bergan video murojaat joylagan. Oradan bir necha soat o‘tgach, uning boshqaruvidagi “RangeRover”bilan avtohalokatga uchragan. Britaniya nashrlarining ma’lum qilishicha, Grilish o‘sha kuni tungi klublardan biridan qaytayotgan bo‘lgan. Uning kuzatuvchilari futbolchini ikkiyuzlamachilikda ayblashmoqda. Internet esa, turli memlarga to‘lib ketdi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 22:16, 30.03.2020.
O'qildi: 3738 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.