Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/01 00:45 Inter 6-2 Piza
24/01 01:00 Levante 3-2 Elche
24/01 17:30 Vest Xem 3-1 Sanderlend
24/01 18:00 Rayo Valyekano 1-3 Osasuna
24/01 19:00 Komo 6-0 Torino
24/01 20:00 Xitoy 0-4 Yaponiya
24/01 20:00 Byornli 2-2 Tottenhem
24/01 20:00 Fulhem 2-1 Brayton
24/01 20:00 Manchester Siti 2-0 Vulverhempton
24/01 20:15 Valensiya 3-2 Espanyol
24/01 22:00 Fiorentina 1-2 Kalyari
24/01 22:30 Sevilya 2-1 Atletik Bilbao
24/01 22:30 Bornmut 3-2 Liverpul
25/01 00:45 Lechche 0-0 Lasio
25/01 01:00 Vilyarreal 0-2 Real Madrid
25/01 16:30 Sassuolo 1-0 Cremonese
25/01 18:00 Atletiko 3-0 Malyorka
25/01 19:00 Atalanta 4-0 Parma
25/01 19:00 Jenoa 3-2 Bolonya
25/01 19:00 Nyukasl 0-2 Aston Villa
25/01 19:00 Brentford 0-2 Nottingem Forest
25/01 19:00 Kristal Pelas 1-3 Chelsi
25/01 20:15 Barselona 3-0 Real Ovyedo
25/01 21:30 Arsenal - Man. Yunayted
25/01 22:00 Yuventus - Napoli
25/01 22:30 Real Sosyedad - Selta
26/01 00:45 Roma - Milan
26/01 01:00 Alaves - Betis

Qadimgi Yunonistonda o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlari haqida qiziqarli faktlar

Qadimgi Yunonistonda o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlari haqida qiziqarli faktlar

Baho:
+-1 | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

Ma’lumki, Olimpiya o‘yinlari XIX asrda emas, balki Qadimgi Yunonistonda, antik davrdayoq o‘tkazilgan. Zamonaviy Olimpiya harakatining tarixiga esa 120 yildan oshdi (1894 yilda Olimpiya o‘yinlarini qayta tiklash bo‘yicha Kongress o‘tkazilgan), Qadimgi Olimpiya o‘yinlari tarixi ming yildan ortiqroq davrni o‘z ichiga oladi. Bugun biz sizlarga Qadimgi Yunonistonda o‘tkazilgan Olimpiya o‘yinlari haqida qiziqarli faktlardan bir nechtasini keltirib o‘tmoqchimiz.

Birinchi Olimpiya o‘yinlari miloddan avvalgi 776 yilda bo‘lib o‘tgan. Biroq ko‘pchilik tarixchilarning fikricha, Olimpiada undan oldin xam o‘tkazilgan bo‘lishi mumkin.

O‘sha vaqtlarda Olimpiada faqat bir kun davom etgan. Ma’lum muddat o‘tgach, bu vaqt 5 kungacha cho‘zilgan. Xar bir kun ma’lum bir musobaqa uchun ajratilgan. Dastlabki Olimpiya o‘yinlarida faqatgina bitta musobaqa – yugurish bo‘lgan (192,27 metr masofaga). Asta-sekin Olimpiya dasturlariga yangi musobaqalar – disk uloqtirish, kurash, aravachalar poygasi, uzoqqa sakrash va kuch sinashish kabilar kiritilgan.

Qadimgi Yunonistonda o‘tgan Olimpiya o‘yinlari o‘ziga xos milliy ruhda tashkil etilgan. Bundan tashqari, faqat ozod tug‘ilgan yunonlargina musobaqalarda qatnashish va ularni tomosha qilish huquqiga ega bo‘lgan. Olimpiada musobaqalariga ayol kishilar kirishi va ishtirok etishi qat’iyan ta’qiqlangan. Faqatgina bitta ayol – Demetra ibodatxonasining xizmatchisi kirishi mumkin bo‘lgan, buning uchun unga alohida joy hozirlangan.

Zamonaviy sportda qoidani buzganliklari uchun atletlarga qizil yoki sariq kartochka berishlari, to‘plagan ochkolarini olib tashlashlari, diskvalifikasiya qilishlari mumkin. Avvallari esa bunday bo‘lmagan. Qadimgi greklar juda qattiqqo‘l bo‘lishgan. Masalan, biror atlet startga ertaroq chiqsa, uni tayoqlar bilan savalashgan. Musobaqa ishtirokchilari nosog‘lom raqobat qilsa, qoidalarni buzsa, uni toshbo‘ron qilishlari va hatto o‘ldirib yuborishlari ham mumkin bo‘lgan. Qoidalarga rioya qilmaslik Zevsga (Qadimgi Yunon xudosi) nisbatan hurmatsizlik deb baholangan.

394 yilda Rim imperatori Feodosiy I Olimpiya o‘yinlari o‘tkazishni taqiqlagan. Rimliklarning fikricha, Olimpiada xristian dinining greklar orasida tarqalishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan (to‘sqinlik qilgan).

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 11:46, 31.03.2020.
O'qildi: 8823 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.