Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese - Milan
01/03 18:00 Elche - Espanyol
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

“Oltin butsa” kimga nasib etadi?

“Oltin butsa” kimga nasib etadi?

Baho:
+ | -

Stadion.uz “Oltin butsa” asosiy da’vogar bo‘lib turgan futbolchilar bilan tanishtirib o‘tamiz.

 

10-11 o‘rin. Pyer-Emerik Obameyang («Arsenal»), Romelu Lukaku («Inter») — 17 ta gol 34 ochko

 

Lukaku endigina 26 yoshga to‘ldi. Uning kelajagi hali to‘liq oldinda. Qahramonimiz o‘z kariyerasini o‘nglab olish uchun “Manchester Yunayted”ni tark etdi. Yakunda bu qaror o‘zini to‘liq oqladi. Ulkan hujumchidan Antonio Konte chinakam to‘purar hujumchini “yasadi” .

Obameyang o‘tgan mavsumda Mane va Salah bilan birgalikda 22 tadan gol kiritgan va “oltin butsa”ni qo‘lga kiritgan edi. Agar tanaffus paydo bo‘lmaganida, gabonlik hujumchida imkoniyatlarini yaxshilab olish imkoni mavjud bo‘lar edi. Tan olish lozim, “Arsenal” sardori APLda o‘zini yo‘qotib qo‘ymadi. Bejizga u bilan “Barselona” va “Real” qiziqib qolmagan.

 

8-9 o‘rin. Vissam Ben-Yedder («Monako») — 18 gol, 36 ochko

 

O‘tgan mavsumda “Sevilya”dan “Monako”ga kelgan Vissam deyarli 4 mavsumdan beri to‘purarlik mahoratini namoyish etib kelmoqda. “Monako” singari o‘rtamiyona jamoada 18 ta gol kiritish istalgan hujumchining qo‘lidan kelavermaydi.

 

8-9 o‘rin. Kilian Mbappe (PSJ) — 18 gol, 36 ochko

 

O‘tgan mavsumda Mbappe “Oltin butsa” uchun so‘nggi turlarga qadar Messi bilan kurash olib borgani yodingizda bo‘lsa, ajab emas. Aslida bu mavsumda ham u sermahsullik namoyish etishi mumkin edi, biroq mavsum boshida ortirilgan jarohat barcha rejalarni barbod qildi. Agar musobaqa davom ettirilisa, Mbappe ushbu ro‘yxatning yetakchilaridan biriga aylanib olishi mumkin.

 

6-7 o‘rin. Djeymi Vardi («Lester») — 19 gol, 38 ochko

 

“Tulkilar”ning APL chempionligini qo‘lga kiritgan yili Vardi 24 bor raqib darvozalarini ishg‘ol qilgan edi. “Lester” tepasiga Brendon Rojers kelgach, Vardi o‘zining ikkinchi yoshligini o‘tkazishni boshladi. Qahramonimiz 26 ta uchrashuvning 19 tasida maydonni golsiz tark etmagani so‘zimizga isbot bo‘la oladi.

 

6-7 o‘rin. Lionel Messi («Barselona») — 19 gol, 38 ochko

 

Olti karra “oltin butsa”ni o‘ziniki qilib olgan futbolchi bu ro‘yxatda o‘z o‘rnini yo‘qotib qo‘ygani rost. Afsuski, Messi mavsum startini o‘tkazib yubordi. Shunga qaramay, Messi jamaoasini yelkasidan “ko‘tarib yurishni” davom ettirmoqda.

 

3-5 o‘rin. Timo Verner («RB Leypsig») — 21 gol, 42 ochko

 

Timo o‘zining ilk mavsumidayoq 21 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan bo‘lsa, keyingi mavsumlarda 13 va 16 bor darvozalarni ishg‘ol qildi. Bu mavsumda Timo o‘z shaxsiy rekordini yangilashi mumkin. Buning uchun hech bo‘lmasa bir dona gol kiritishning o‘zi kifoya. Bundesliganing yakunlashiga 9 tur qolganini va uning ajoyib sport formada ekanligini inobatga olsak, Verner peshqadamlik uchun kurashishi hech gap emas.

 

3-5 o‘rin. Erling Xoland («Zalsburg»/«Borussiya Dortmund») — 25 golov, 42 ochka

Erling bu mavsumda kiritgan gollarning 16 tasi Avstriya birinchiligida kiritilgani bois,uning jamg‘arga ochkolar soni kamroq. Umuman olganda, 19 yoshli futbolchi uchun ajoyib natija!

3-5 o‘rin. Krishtianu Ronaldu («Yuventus») — 21 gol, 42 ochko

 

4 bor “oltin butsa”ni qo‘lga kiritgan futbolchi bu mavsumni ko‘tarinki kayfiyatda boshlamadi, biroq dekabr oyida sport formasini tiklab olgach kurashga qo‘shildi. Ronalduning sport formasi “daxshatli” ko‘rinishga kelgan bir paytda, virus tempni tushirib yubordi. Endilikda, Krishning to‘purarlik poygasidagi kelajagi katta so‘roq ostida qolmoqda.

 

2 o‘rin. Robert Levandovski («Bavariya») — 25 gol, 50 ochko

 

Robert 2019-yilda barchadan foydaliroq futbolchi bo‘ldi. 2020-yilga kelib polyak Gerd Myuller o‘rnatgan bir nechta rekordlarni yangilashga muvaffaq bo‘ldi. Agar mavsum davom ettirilsa, Levandvoskiyda “oltib butsa”ni qo‘lga kiritish uchun ajoyib imkoniyat mavjud.

 

1 o‘rin. Chiro Immobile («Lasio») -27 gol, 54 ochko

 

Bundan bir necha yil ilgari, “Borussiya Dortmund” jamoani tark etgan Robert Levandovskiyning o‘rnini aynan Immobile bilan to‘ldirishni reja qilgan, biroq bu fikr yakunda o‘zini oqlamagan edi. Imobileda “oltin butsa”ni qo‘lga kiritish uchun juda yaxshi imkoniyat bor. Italiyalik hujumchi 26 ta turda 27 gol kiritdi. Oldinda yana 12 ta tur borligini hisobga olsak, Imobilida o‘z faoliyatidagi eng katta sovrinni qo‘lga kiritish imkonini yaratib beradi. 

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 23:04, 31.03.2020.
O'qildi: 5508 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.