Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/12 00:45 Atalanta 2-1 Kalyari
14/12 01:00 Arsenal 2-1 Vulverhempton
14/12 01:00 Xetafe 0-1 Espanyol
14/12 16:30 Milan 2-2 Sassuolo
14/12 18:00 Sevilya 4-0 Real Ovyedo
14/12 19:00 Fiorentina 1-2 Verona
14/12 19:00 Udineze 1-0 Napoli
14/12 19:00 Kristal Pelas 0-3 Manchester Siti
14/12 19:00 Nottingem Forest 3-0 Tottenhem
14/12 19:00 Sanderlend 1-0 Nyukasl
14/12 19:00 Vest Xem 2-3 Aston Villa
14/12 20:15 Selta 2-0 Atletik Bilbao
14/12 21:30 Brentford 1-1 Lids
14/12 22:00 Jenoa 1-2 Inter
14/12 22:30 Levante - Vilyarreal
15/12 00:45 Bolonya 0-1 Yuventus
15/12 01:00 Alaves 1-2 Real Madrid
16/12 00:45 Roma - Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano - Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted - Bornmut

UYEFA «Barselona», «Bavariya», «Atletiko», «Tottenxem» va «Ayaks»ni jarimaga tortdi

UYEFA «Barselona», «Bavariya», «Atletiko», «Tottenxem» va «Ayaks»ni jarimaga tortdi

Baho:
+2 | -

UYEFA Yevropa chempionlar ligasi va Yevropa ligasi o‘yinlari paytida klublar tomonidan yo‘l qo‘yilgan turli qoidabuzarliklar tufayli jazo choralarini e’lon qildi.

«Barselona» klubi YECHLning 1/8 final bosqichi doirasida «Napoli»ga qarshi bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yin (1:1) kechroq boshlanishiga sabab bo‘lgani tufayli 15 ming yevro miqdorida jarimaga tortildi.

«Bavariya» esa 40 ming yevro miqdorida jarima to‘laydigan bo‘ldi. Shundan 20 ming yevroni YECHLning nimchorak final bosqichida "Chelsi"ga qarshi o‘yinda muxlislar tomonidan ko‘tarilgan tajovuzkor mazmundagi banner uchun, qolgan 20 ming yevroni esa mazkur uchrashuvda muxlislar o‘tirgan tribunada yuzaga kelgan tartibsizlik uchun.

«Atletiko» muxlislari «Liverpul»ga qarshi uy bahsida stadionga kirish yo‘laklarini berkitib qo‘yishgani uchun "matraschilar" 24 ming yevro miqdorida jarima to‘lashadi. Ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob o‘yinida fanatlar pirotexnika vositalaridan foydalanishgani bois mersisaydliklar 3 250 yevro miqdorida jarimaga tortilishdi.

«RB Leypsig»ga qarshi Chempionlar ligasi uchrashuvi o‘z vaqtida boshlanmagani tufayli «Tottenxem» 20 ming yevro jarima to‘lasa, londonliklar ustozi Joze Mourinyo o‘yinning boshlanishini kechiktirgani uchun ogohlantirildi.

Yevropa ligasida eng yirik jarima «Ayaks»ga solindi. Klub «Xetafe»ga qarshi bo‘lib o‘tgan 2ta o‘yinda jamoa a’zolari va muxlislarning xulq-atvori, maydonga buyum uloqtirilgani va keltirilgan zarar uchun 64 250 yevro miqdorida jarima to‘laydi.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 08:22, 01.04.2020.
O'qildi: 6969 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.