«Bavariya» yarim himoyachisi Filippe Koutinyo koronavirusga qarshi kurash uchun o‘z hissasini qo‘shishga qaror qildi.
Braziliyalik futbolchi Rio-de-Janeyro shahriga 20 tonna miqdorida insonparvarlik yordamini yubordi. Qadoqlangan oziq-ovqat va gigiyena mahsulotlariga futbolchining surati tushirildi.
«Insonlarga yordamim tegadigan qilib qo‘ygan xudoga shukrona keltiraman. Dunyodagi muhtojlarga yordam berishda har bir inson o‘z hissasini qo‘shishi kerak», – dedi Koutinyo "Bild"ga bergan intervyusida.