Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

So‘rovnoma: Ronaldu finalda Messini ortda qoldirdi (foto)

So‘rovnoma: Ronaldu finalda Messini ortda qoldirdi (foto)

Baho:
+2 | -

Ispaniyaning "Marca" nashri futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchini aniqlash maqsadida muxlislar o‘rtasidagi so‘rovnomani o‘ziga xos musobaqa tarzda o‘tkazdi.

Nashr futbol tarixidagi 16 nafar futbolchini tanlab oldi, ularni qur’a natijasida juftliklarga taqsimlagan holda pley-off tarzda musobaqani tashkil etdi. "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu va "Barselona" sardori Lionel Messi finalgacha yetib kelishdi.

Portugaliyalik futbolchi nimchorak finalda Maldinini (73%-27%), chorak finalda Zidanni (56%-44%) va yarim finalda Maradonani (59%-41%) "mag‘lub" etdi.

Argentinalik futbolchi esa 1/8 final bosqichida Pushkash (78%-22%), chorak finalda Di Stefanoni (70%-30%) katta farq bilan ortda qoldirgan bo‘lsa, yarim finalda u braziliyalik Ronaldo ustidan kichik farq bilan g‘alaba qozondi — 52%-48%.

Krishtianu va Lionel o‘rtasidagi final so‘rovnomasida Ronaldu 54% (246 ming) ovoz to‘plab, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Messiga esa 209 ming muxlis ovoz berdi (46%).

"Bronza" uchun o‘tkazilgan so‘rovda esa Ronaldo Maradonani mag‘lub etdi — 51%-49%. Braziliyalik sobiq futbolchi chorak finalda afsonaviy Peleni ortda qoldirgani e’tiborga molik.

Manba: bombardir.ru
Kiritildi: 20:00, 02.04.2020.
O'qildi: 7221 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик