Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka 0-1 Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids 0-1 Manchester Siti
01/03 00:45 Inter 2-0 Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo 0-1 Atletiko
01/03 16:30 Cremonese - Milan
01/03 18:00 Elche - Espanyol
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:00 Fulhem - Tottenhem
01/03 19:00 Man. Yunayted - Kristal Pelas
01/03 19:00 Sassuolo - Atalanta
01/03 19:00 Brayton - Nottingem Forest
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm
01/03 20:15 Valensiya - Osasuna
01/03 21:30 Arsenal - Chelsi
01/03 22:00 Torino - Lasio
01/03 22:30 Betis - Sevilya
02/03 00:45 Roma - Yuventus
02/03 01:00 Jirona - Selta
02/03 22:30 Piza - Bolonya

“Qo‘qon-1912” jamoasi o‘z muxlislari holidan xabar oldi

“Qo‘qon-1912” jamoasi o‘z muxlislari holidan xabar oldi

Baho:
+ | -

Ayni kunlarda deyarli butun dunyoni koronavirus pandemiyasi qamrab oldi. Shu jumladan jonajon vatanimizda ham ushbu virusga qarshi jiddiy kurash avj olmoqda. Barcha hududlarda karantin e’lon qilingan, odamlar o‘z uylaridan chiqmaslikka harakat qilishmoqda. Bunday pallada kam ta’minlangan hamda nogironligi bor oila a’zolariga bir muncha qiyin bo‘lishi barchamizga ayon. Biroq o‘zbek xalqi qo‘shnisi yoki hamshaharini qiyin ahvolda qoldirmaydi. Hozir barcha korxona va tashkilotlar, tadbirkorlar qiynalgan oilalarga saxovat qo‘lini uzatmoqdalar.

“Qo‘qon-1912” futbol klubi ham  bunday vaziyatda qarab turmaydi. Klub xodimlari bugun jamoaning ashaddiy muxlislari orasida kam ta’minlangan, yordamga muhtoj insonlarni topib ularga muruvvat ko‘rsatishdi. Shuningdek, jamoa tomonidan Qo‘qon shahrining “Muqimiy” mavzesida istiqomat qiladigan va 6-sonli oilaviy poliklinikasida ro‘yxatda turadigan 10 nafar nogironligi bor insonlarga ham  moddiy yordam ko‘rsatildi.

Poliklinika xodimlari esa bepul tibbiy niqoblar berish bilan bu ishga o‘zlarining xissalarini qo‘shishdi. Qo‘qondagi “Markaziy” stadionida mehnat qiladigan farroshlaru, qorovullar, xullas kimki yordamga muhtoj bo‘lsa e’tibordan chetda qolmadi. “Qo‘qon-1912” jamoasi bugungi o‘zbek xalqiga xos saxovatpeshalik ishlari uchun 10 000 000 so‘m mablag‘ ajratdi. Jamoamiz rahbariyati  yurtdoshlarimizga , barcha muxlislarimizga sog‘lik va oilalariga xotirjamlik tilaydi.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 23:52, 02.04.2020.
O'qildi: 1908 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.