Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Xayrulla Hamidov maqolasi: Zo‘r klub va zo‘r o‘yin

Xayrulla Hamidov maqolasi: Zo‘r klub va zo‘r o‘yin

Baho:
+ | -

Argentina poytaxtida azaldan «xalq jamoasi» va «millionerlar» orani ochiq qilishga harakat qilishadi. «Boka Xuniors» va River Pleyt» - Argentinaning eng kuchli ikki jamoasi – mahalliy chempionatda 80 yildan buyon yetakchilik qilishadi. Ular dunyoga Diyego Maradona, Alfredo di Stefano, Gabriel Batistuta va Marselo Salas kabi futbolchilarni taqdim etishgan. Buenos-Ayros derbisi Lotin Amerikada birinchi o‘rinda.

Ikkala jamoa ham poytaxtning La Boka hududida paydo bo‘lgan. 1938 yilda «River Pleyt» shaharning obro‘li Nunyes hududiga ko‘chib o‘tganidan so‘ng «millionerlar jamoasi» degan nom olgan.

«Boka» esa xalq jamoasiga aylandi, chunki uning ishqibozlari oddiy ishchilar va italiyalik emigrantlar edi. Ushbu jamoalarning o‘yini «superklassiko» deb nomlanadi. Qizil-oq — «River pleyt», ko‘k–sariq — «Boka xuniors».

Aytish joizki, mazkur jamoalar fanatlari o‘rtasida hech qachon do‘stlik bo‘lmagan va bo‘lmaydi ham. «Boka» fanatlari raqiblarini qo‘rqoq sanab, «galinas» (jo‘jalar) deb atashadi. «Millionerlar» esa raqiblarini «los puerkos» (cho‘chqalar) deb “siylashadi”, chunki «Boka»ning stadioni esa kambag‘al hududda joylashib u yerdan qo‘llansa hid keladi. O‘yinlar ko‘pinchalik muxlislar urushi bilan tugaydi. Bu ishda «River-pleyt»ning «los borrachos del tablon» (“ko‘chadagi piyonistalar”) deb nomlanuvchi ishqibozlari alohida jonbozlik ko‘rsatishadi.

Qisqa qilib aytganda, bugun “Boka Xuniors” klubiga asos solingan kun. Dunyoga Diyego Maradonadek dahoni taqdim etgan klub 1905 yili tashkil topgan. Bugun u 115 yoshga kirdi. Muxlislarini tabriklaymiz. Menga shaxsan “Boka”ning libosi yoqadi. Original. Takrori yo‘q.

###

Shu kuni 2017/18 yilgi Chempionlar Ligasi tarixidagi eng yaxshi o‘yinlardan biri Turinda Alyans o‘yingohida bo‘lib o‘tdi. 1/4 finalining birinchi o‘yinlari start olgandi, esingizda bo‘lsa.  Kunning markaziy o‘yini "Yuventus" hamda "Real Madrid" o‘rtasida kechdi.

 Turinda kechgan uchrashuv mehmonlarning yirik hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yinning 3-daqiqasida Ronaldu hisobni ochgan bo‘lsa, 64-daqiqada dublga erishib, oradagi farqni oshirdi. Gol esingizda bo‘lsa kerak, dahshatning o‘zginasi. Oradan 8 daqiqa o‘tib, Marselo jamoasining yirik hisobda g‘alaba qozonishini ta’minladi.

O‘yin nimasi bilan esda qolgan? Albatta, javob bahsi bilan.

Madridda ajoyib natija bilan o‘yinni boshlagan Real xuddi shu ssenariyning teskarisiga tayyor emasdi. 11 aprel kuniga kelsak, yana bir eslatib o‘tamizkuya, lekin Alyans stediumdagi bahs Yuventusning kutilmagan mag‘lubiyati bilan ko‘pchilikni ajablantirgandi. Sababi, turinliklar himoyasi dunyoning eng yaxshi himoyasi bo‘lib turgan holida, darvozada Buffon turgan holida bu qadar ko‘p xatoga yo‘l qo‘ymasliklari kerak edi. Ronalduning golida ham asosan himoyachilar aybdor. Buffonning yoshligi qaytib kelsa ham bartaraf eta olmasdi bu zarbani.

Xullas, 3 aprel shu bilan xotiramizga muhrlangan.

Xayrulla Hamidov

Manba: https://t.me/x_hamidov

Ўша суперўйин:
Қизиғи, учрашув қаҳрамони ҳозир ўша кунги рақибнинг халоскорига айланган...

Kiritildi: 07:21, 03.04.2020.
O'qildi: 4586 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.