Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Kavani qaytadimi?


 

PSJ hujumchisi Edinson Kavani o‘z faoliyatini Italiyada davom ettirishi mumkin.

“Tuttosport” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “Napoli” Kavaniga yiliga 7 million yevro maosh ko‘rsatilgan shartnoma taklif qiladi.

Bundan tashqari, klub agar Kavani shartnomaga qo‘l qo‘ysa,bonus tariqasida yana 7 million yevro berishni ham rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Kavani yozda erkin agent maqomini oladi.

Brozovich qoladimi?

 

Milanning “Inter” klubi yarim himoyachisi Marselo Brozovich yozda “Manchester Yunayted”ga o‘tishi mumkinligi haqida avvalroq xabar bergan edik.

“Calciomercato” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “Inter” o‘z futbolchisini jamoada saqlab qolishga qaror qilgan.

Tez orada “Inter” xorvatiyalik futbolchi bilan yangi shartnoma imzlashi kutilmoqda.

Manba bergan xabarlarga suyadigan bo‘lsak, “ko‘k-qoralar” 27 yoshli futbolchining tavon pulini 60 million yevro etib tayinlashadi.

“Liverpul” “Verder” futbolchisiga qiziqmoqda

 

Angliyaning “Liverpul” jamoasi Bremenning “Verder” klubi hujumchisi Milot Rashis bilan shartnoma tuzishga yaqin turibdi.

“Bild” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “Mersisaydliklar” 23 yoshli vingerni o‘z safiga qo‘shib olish uchun 35 million yevro sarflashga tayyor.

Agar “Verder” Bundesligadan tushib ketsa, hujumchining narxi yanada pasayib ketishi mumkin.

“Roma” turkni sotishga tayyor

 

Rimning “Roma” klubi o‘z hujumchisi Jengiz Underni sotib yuborishga tayyor.

“Coriera della Sport” nashri bergan xabarlarga qaraganda, rimliklar murabbiylar shtabi turkning o‘yinidan qoniqish xosil qilmayapti va uni yozda sotib yuborishga qarshi emas.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq hujumchi bilan “Bavariya”, “Inter”, “Arsenal” va “Everton” jamoalari qiziqish bildirgan edi.

Bernard ketadigan ko‘rinadi

 

Liverpulning “Everton” klubi yarim himoyachisi Bernard yozgi transfer chog‘ida jamoasini o‘zgartishi kutilmoqda.

Bu haqida “The Sun” nashri xabar tarqatgan. Manbada yozilishicha, braziliyalik futbolchi bilan “Roma” klubi jiddiy qiziqib qolgan.

Eslatib o‘tamiz, 27 yoshli futbolchi bu mavsumda APLning 19 ta uchrashuvida maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol va 2 ta assist yozib qo‘ydi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 23:02, 03.04.2020.
O'qildi: 7436 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик