Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi rahbariyati jamoa bosh murabbiyligi lavozimiga fransiyalik mutaxassis Loran Blanni taklif etmoqchi deya xabar bermoqda TMW.
Blanning so‘nggi ish joyi Fransiyaning "PSJ" klubi bo‘lgan edi va u parijliklar safini 2016 yili tark etgandi.
Ayni paytda "Fenerbaxche" Turkiya superligasining yettinchi pog‘onasini band etib turibdi.