Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

A Seriya chempionini aniqlash uchun ovoz yig‘ish boshlandi

A Seriya chempionini aniqlash uchun ovoz yig‘ish boshlandi

Baho:
+ | -

Shanba kuni Italiyada mavsum-2019/20 g‘olibligini «Atalanta» klubiga berish borasida Change.org sayti orqali ovoz yig‘ish boshlandi.

Petisiya muallifining fikriga ko‘ra, «Atalanta»ning so‘nggi ikki mavsumdagi ko‘rsatgan sport natijalariga asosan, qolaversa, koronavirusdan eng ko‘p jabr chekkan Bergamo shahrining hurmati evaziga Skudettoni berish taklifi o‘rtaga tashlangan.

Bergamo shahrida 120 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi, so‘nggi oyda shaharda koronavirus sababli 4500 nafardan ziyod inson olamdan ko‘z yumdi. Umuman olganda Italiyada ushbu pandemiyadan halok bo‘lganlar soni 15 362 tani tashkil etmoqda, ularning 8656 nafari Lombardiya viloyatidan.

Ayni paytda turnir jadvalini «Yuventus» klubi 63 ochko bilan boshqarib turibdi. «Lasio» 62 ochko bilan ikkinchi, uchinchi o‘rinda borayotgan «Inter» hisobida esa 54 ochko bor.
«Atalanta» 48 ochko bilan to‘rtinchi pog‘onani band etib turibdi.

"Atalanta" klubi joriy mavsumda YECHLda Ispaniyaning «Valensiya» klubini mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi.

Kiritildi: 00:27, 05.04.2020.
O'qildi: 3683 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик