Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Sardor Abduraimov: «Bunyodkor»ga shunchaki borganim yo‘q»

Sardor Abduraimov: «Bunyodkor»ga shunchaki borganim yo‘q»

Baho:
+ | -

"Surxon" matbuot xizmati Surxondaryo futbolining yana bir tajribali futbolchilaridan biri, bugungi kunda «Bunyodkor» jamoasi a’zosi Sardor Abduraimov bilan suhbat uyushtirdi. 

Quyida Sardor Abduraimov bilan bo‘lgan suhbatni to‘liq o‘qishingiz mumkin.

- Sardorbek bugungi kunda nimalar bilan bandsiz?

- Asosan, hozir karantin sababli uydaman. Imkon qadar mashg‘ulotni qo‘ldan kelgancha uy sharoitida o‘tkazayabman.

- Har bir futbolchining futbolga kirib kelishi ko‘pchilikni qiziqtiradi. Sardor Abduraimov futbolchilik faoliyatini qachon boshlagan? Ilk murabbiyingiz kim bo‘lgan?

- Futbol o‘ynashni 1-sinfda boshlaganman. O‘sha vaqtlari katta akam Botir Yangiboyev ikkinchi ligada to‘p surar edi. Akamni o‘yinlariga qiziqib doim stadionga borib o‘yinlarini kuzatardim va futbolga bo‘lgan qiziqishim yanada ortdi. Shundan so‘ng, 2006 yili Termizdagi futbol maktab internatiga borganman va o‘sha yerda tahsil olganman. Birinchi murabbiyim Otabek Avizov bo‘lgan va keyinchalik «Mash’al» akademiyasiga borganimda Boxodir Shaymardanov qo‘l ostida shug‘ullanganman. Lekin futbolga kirib kelishim va futboldagi ilk murabbiyim yoki sababchi inson, o‘zimning katta akam Botir Yangiboyev bo‘lgan deb o‘ylayman. Chunki, meni futbolga qiziqtirgan. Professional futbolga borishimdan oldin, to‘p tepishlarni o‘rgatib, men bilan doimiy mashg‘ulotlar o‘tkazib borgan aynan akam bo‘ladi. Professional futboldagi ilk murabbiylarim esa yuqorida aytganimdek Otabek Avizov va Boxodir Shaymardonov bo‘lgan.

- «Bunyodkor» jamoasida to‘p surmoqdasiz. Vadim Abramov jamoasida milliy terma jamoaga nomzod, yosh va shijoatli futbolchilar ko‘p. Siz ular bilan raqobatda qiynalmayabsizmi?

- Endi har bir jamoada raqobat bo‘ladi. Raqobat bo‘lgani yaxshi. Sababi, bu raqobat bizni o‘sishimiz uchun foyda beradi. «Bunyodkor» jamoasiga shunchaki borganim yo‘q. Xudo xohlasa o‘z o‘rnimga ega bo‘lib, milliy terma jamoaning ham ishongan o‘yinchilaridan biri bo‘lishga astoydil harakat qilaman. Menga «Bunyodkor»dek yosh jamoa bilan ishlash yoqayapti. Tarkibimizda deyarli barcha futbolchilar yosh va barchasi milliy terma jamoaga tushish uchun astoydil harakat qiladi. Shunaqa joyda o‘sish bo‘ladi deb o‘ylayman. Shuning uchun, qiyinchilik bo‘lsa ham, yengib o‘ta olaman deyman. Raqobatdan qo‘rqganimda «Bunyodkor»ga bormagan bo‘lardim.

- Nega aynan «Bunyodkor» jamoasiga o‘tishga qaror qildingiz? «Surxon» jamoasidan ham taklif bo‘ldimi?

- «Bunyodkor»ga o‘tish bu faqat o‘zimning qarorim bo‘lgani yo‘q. «Mash’al» jamoasi ham katta rol o‘ynadi. Ikkinchidan «Mash’al» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanaman va «Mash’al» jamoasi bilan 2022 yilgacha shartnomam mavjud. Shu sababli, «Bunyodkor» jamoasiga ijara asosida o‘tdim. «Surxon» jamoasiga keladigan bo‘lsak, shu paytgacha hali «Surxon» jamoasidan biror - bir jiddiy taklif bo‘lmagan. Yana ham aniqroq qilib aytsam, umuman taklif bo‘lmagan. «Surxon» 2018 yil Pro ligada o‘ynagan paytda bir marta taklif qilishgan. O‘rtada nima bo‘lganini bilmayman, ba’zi sabablarga ko‘ra ish oxirigacha bormagan. Shundan so‘ng, hozirgi vaqtga qadar «Surxon» jamoasidan jiddiy taklif bo‘lgani yo‘q.

- «Bunyodkor» jamoasiga aynan sizni kim taklif qildi?

- «Bunyodkor» jamoasiga meni aynan qaysi inson chaqirganini bilmayman. Chunki, «Mash’al» klubi vise-prezidenti Ilxom Qurbonov menga telefon qilib, «Bunyodkor» jamoasidan qiziqish bo‘layotganini aytdi. Menga taklifni o‘ylab ko‘rishni tavsiya qildilar. Asosan ko‘proq Ulug‘bek Mirzayev va Marat Mustaxatdinov biz bilan aloqada bo‘lib turdi. Menimcha, aniq bilmayman shu insonlar ko‘proq qiziqish bildirishgan bo‘lsa kerak.

- «Surxon» jamoasi o‘yinlarini ham kuzatib borasizmi? Sizningcha, «Surxon» jamoasining kuchli va kuchsiz jihatlari nimada? «Surxon» jamoasida ham to‘p surish niyatingiz bormi?

- Imkon qadar «Surxon» jamoasi o‘yinlarini kuzatib boraman. Agar bizni o‘yinga to‘g‘ri kelib qolmasa, iloji boricha stadionga kelib, tomosha qilishga harakat qilaman. «Surxon» jamoasini kuchli jihati, menicha jamoani kuchsiz jihati bor deb o‘ylamayman. Har tomonlama yaxshi va kuchli jamoa. Alohida biror bir kuchsiz joyi bor deb o‘ylamayman. «Surxon» jamoasida albatta o‘ynash niyatim bor. Nega bo‘lmasligi kerak ekan? O‘zim tug‘ilib o‘sgan joy. Kelajakda o‘ynash niyatim bor. Lekin «Surxon» jamoasida o‘ynashni xohlardim.

- Siz tajribali murabbiylar Vadim Abramov va Ro‘ziqul Berdiyevlar qo‘l ostida to‘p surdingiz. Ushbu ikkala murabbiy bir-birlaridan qaysi jihatlari bilan farq qiladi?

- Ikkala murabbiy ham kuchli murabbiy hisoblanadi. Yoshlar bilan qanday ishlashni biladi. Qayerda va qaysi payt nima deyish kerak ekanligini biladi. Shuningdek, har ikkalasi ham qattiq qo‘l murabbiy hisoblanadi. Tartib-intizomni yaxshi ko‘radi. Farqi jixatida gapirsam, ikkalasining ishlash uslubi ikki xil. Ko‘pchilik ikkala murabbiyning uslubi bir-biriga o‘xshaydi deydi. Lekin bir-biridan farq qiladi deb o‘ylayman. «Bunyokor»ning o‘yin uslubi va «Nasaf»ning o‘yin uslubi umuman boshqacha. Bir so‘z bilan aytganda, ikkalasi ham kuchli murabbiy.

- Yaxshi bilamiz, siz bugungi kundagi o‘zbek futbolining eng yaxshi futbolchilaridan biri Eldor Shomurodov bilan bir tumanda yani Jarqo‘rg‘onda isteqomat qilasizlar. Eldor bilan munosabatlaringiz qanday?

- To‘g‘ri, biz Eldor Shomurodov bilan bir tumanda yani Jarqo‘rg‘onda yashaymiz. Eldor bilan qalin do‘stmiz. Yoshligimizdan birga katta bo‘lganmiz. «Mash’al» akademiyasiga ham birga borganmiz. Telefon orqli doimiy suhbatlashib turamiz. Uyiga kelganda uyiga borib ancha suhbatlashamiz. Birga mashg‘ulotlar qilamiz. Qisqa qilib aytganda, munosabatlarimiz a’lo darajada. Hozir u Rossiya davlatida bo‘lishiga qaramasdan ijtimoiy tarmoqlar orqali suhbatlashib turamiz.

- Futbolchilik faoliyatingiz davomida qiyinchilikka uchragan paytlaringiz bo‘lganmi? Masalan, Odil Axmedov intervyularining birida kiyishga butsasi bo‘lmaganligi va shunga o‘xshash holatlar sizda ham bo‘lganmi?

- To‘g‘risini aytaman futbolchilik paytimda ko‘plab qiyinchiliklar bo‘lgan. Futbolga kirib kelish oson emas. Qiyinchilikga uchramagan futbolchilar juda ham kam bo‘lsa kerak. Futbol maktab internatga borayotganimda oyog‘imda kiyishga butsa bo‘lmagan. Otam keyinchalik butsa olib bergan. O‘sha butsa ham kiyilgan bo‘lgan. Iloji boricha asrab avaylab, yirtilsa yana qaytadan tikib kiyganman. «Mash’al» akademiyasida borganimda ham professional futbolchilarni butsalarni ko‘rib xavasim kelardi, o‘zimni butsamga esa achinib ketardim. Ishonasizmi, uyalganimdan oyoqlarimni yashirib turardim. Shundan boshqa butsam yo‘q edi. Xudoga shukr qilaman, hammasini mehnat qilib, sabr qilib yengib o‘tdim va barchasi ortda qoldi. Buning barchasi mehnatning samarasi deb o‘ylayman.

- Futbolchilik faoliyatingizni tugatgach, murabbiy bo‘lasizmi?

To‘g‘risini aytsam, hali bu haqda o‘ylab ko‘rmadim. Chunki, hozir bor e’tiborimni futbolga qaratganman. Futboldan keyingi hayotimni hal qilishga hali ozroq vatq bor deb o‘ylayman. Hozir bor e’tibor va hayolim yanada mehnat qilib, milliy terma jamoadan chaqiruv olishni, jaxon chempionatiga chiqishda o‘zimni hissamni qo‘shishni, eng yaxshi o‘yinchilardan biri bo‘lishni xohlayman.

Manba: Сурхон матбуот хизмати
Kiritildi: 17:21, 06.04.2020.
O'qildi: 2249 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.