Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

«Real» 3ta yirik transferga tayyorgarlik ko‘rmoqda

«Real» 3ta yirik transferga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Baho:
+ | -

"Real" klubi koronavirus pandemiyasi tufayli moliyaviy inqiroz yuzaga kelganiga qaramay, yozda yirik transferlarga qo‘l urmoqchi.

"Marca" nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, "Yuventus" himoyachisi Matteys De Ligt, "Manchester Yunayed" yarim himoyachisi Pol Pogba va "Borussiya Dortmund" hujumchisi Erling Xoland yozgi transfer paytida "Qirollik klubi" safiga o‘tishi mumkin.

De Ligt "Yuventus"dagi holatidan to‘la qoniqish hosil qilmayapti va boshqa jamoalardan tushadigan taklifni ko‘rib chiqishga tayyor.

Pogba esa ancha vaqtdan beri "Real"ga o‘tish niyati borligini yashirmayapti. Boz ustiga, fransiyalik futbolchining "MYU" bilan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga yetadi.

Eng asosiy maqsad – Xolandning transferi jamoaning hujum chizig‘idagi muammoni uzoq vaqtga yopadi.

Ushbu 3 futbolchining agenti Mino Rayola hisoblanadi. "Qirollik klubi" mazkur agent bilan munosabatlarni yaxshilashga harakat qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, hozirda "qaymoqranglilar" safida Rayolaning bir mijozi — darvozabon Alfons Areola ijara asosida o‘ynamoqda.

Manba: football24.ua
Kiritildi: 21:08, 08.04.2020.
O'qildi: 15129 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик