Italiya olimpiya qo‘mitasi prezidenti Jovanni Malago mamlakatda mashg‘ulot o‘tkazishga qo‘yilgan taqiq 27 aprelgacha uzaytirilganini ma’lum qildi.
Ma’lumot o‘rnida. A seriya klublari futbolchilari aprel oyi so‘ngida jamoa ixtiyoriga yetib kelishib, tibbiy ko‘rikdan o‘tishadi. Shundan so‘ng, hukumat ruxsat bersa, jamoaviy mashg‘ulotlarga kirishishadi.