Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma 0-0 Jenoa
18/01 18:00 Xetafe 0-1 Valensiya
18/01 19:00 Bolonya 1-2 Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton 0-0 Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko 1-0 Alaves
18/01 21:30 Aston Villa 0-1 Everton
18/01 22:00 Torino 0-2 Roma
18/01 22:30 Selta 3-0 Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan 1-0 Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad 2-1 Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona
20/01 00:45 Lasio - Komo
20/01 01:00 Elche - Sevilya
20/01 01:00 Brayton - Bornmut

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Dembele Italiyaga yo‘l oladimi

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi hujumchisi Usman Dembele yozda Italiya klublaridan biriga o‘tishi mumkin.

“Mundo Deportivo” nashri bergan xabarlarga qaraganda, 22 yoshli vingerning hizmatlari bilan “Inter” va “Yuventus” jamoalari qiziqib qolgan.

Eslatib o‘tamiz, Dembelening “Barselona” klubi bilan tuzgan shartnomasi 2022-yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, uning transferini “Chelsi” va PSJ jamoalari ham amalga oshirishga istamoqda.

“Lester” “Betis” bilan muzokaralarga kirishdi

 

Angliyaning “Lester” jamoasi “Betis” klubi yarim himoyachisi Villiam Karvalyoning transferi borasida ish olib bormoqda.

“A bola” nashriberganxabarlargaqaraganda, “tulkilar” yarimhimoyachiningtransferiuchun 25 millionevrosarfetadi.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik futbolchi ushbu mavsumda “La Liga”ning 9 ta uchrashuvida maydonga tushdi va bitta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

“Tottenhem” “Valensiya” futbolchisiga da’vogar

 

Angliyaning “Tottenhem” klubi “Valensiya” yarim himoyachisi Jeffri Kondogbiani transfer huqiqini sotib olmoqchi.

“El desmarque” nashri bergan xabarlarga qaraganda, 27 yoshli futbolchi uchun “shporlar” yozda 40 million yevrodan voz kechishga tayyor.

Manba bergan xabarlarga qaraganda, Ispaniya klubi fransiyalik futbolchini 61 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.

Eslatib o‘tamiz, Kondogbia ushbu mavsumda “La Liga”ning 17 ta o‘yinida maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol yozib qo‘ydi.

“Siti”ga yangi Silva kerak

 

Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi murabbiyi Pep Gvardiola yozda yarim himoyachi sotib olishni reja qilgan.

“Don Balon” nashri bergan xabarlarga qaraganda, murabbiy “Bavariya” jamoasi futbolchisi Tiago Alkantara yozda Manchesterga olib kelmoqchi.

Manba bergan xabarlarga qaraganda, Gvardiola David Silvaning o‘rnini aynan Tiago bilan to‘ldirishni istamoqda. Tiagoning o‘zi Angliyaga ko‘chib o‘tishga qarshi emas.

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik futbolchi va “Bavariya” klubi o‘rtasidagi shartnoma 2023-yilda o‘z yakuniga yetadi.

Milik Simionega kerak

 

Ispaniyaning “Atletiko Madrid” jamoasi bosh murabbiyi Diyego Simione “Napoli” klubi hujumchisi Arkadiush Milikni “Atletiko”ga olib kelishni istamoqda.

ASnashri bergan xabarlarga qaraganda, “matraschilar” polshalik hujumchi uchun 40 million yevrodan voz kechsiga tayyor.

Tez orada “Atletiko” “Napoli” bilan muzokaralarni boshlashi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Milik bu mavsumda “A Seriya”ning 17 ta uchrashuvida maydonga tushdi va 9 ta golga mualliflik qildi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 04:50, 11.04.2020.
O'qildi: 7738 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.