Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton 2-1 Liverpul
21/03 18:00 Elche 2-1 Malyorka
21/03 19:00 Parma 0-2 Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem 3-1 Byornli
21/03 20:15 Espanyol 1-2 Xetafe
21/03 22:00 Milan 3-2 Torino
21/03 22:30 Everton 3-0 Chelsi
21/03 22:30 Levante 4-2 Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna 1-0 Jirona
22/03 00:45 Yuventus 1-1 Sassuolo
22/03 01:00 Lids 0-0 Brentford
22/03 01:00 Sevilya 0-2 Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis
23/03 00:45 Fiorentina - Inter
23/03 01:00 Real Madrid - Atletiko

Xayrulla Hamidov maqolasi: O‘xshash va o‘xshamagan taqdirlar

Xayrulla Hamidov maqolasi: O‘xshash va o‘xshamagan taqdirlar

Baho:
+ | -

Endi bugun tavallud kunini nishonlayotganlarga o‘taylik.

11 aprel. Qiziq tomoni, bugun bir-biriga hayoti mutlaqo o‘xshamaydigan ikki iste’dod tug‘ilgan kun. Birining hayotiga qarasangiz, ota-onasining farovon hayotidan xursand bo‘lasiz, futbolchiligiga ko‘rsatgan yordamlaridan shod bo‘lasiz, ikkinchisida aksini ko‘rasiz. Gap ispaniyalik Tyago Alkantara va angliyalik Dele Alli haqida ketyapti.

Dastlab Tyagoga to‘xtalaylik. 1991 yili 11 aprel kuni Italiyaning Bari shahrida tug‘ilgan bolakay futbol oilasida o‘sdi. Otasi – Mazinyo, AQSH-94 da Braziliya terma jamoasi tarkibida jahon chempioni, onasi Valeriya – sobiq voleybolchi. Kichik akasi – Rafa Alkantara, Barselona a’zosi, tug‘ishgan ukasi Valensiya klubida o‘ynayotgan Rodrigo.

Tyagoning futbolchi bo‘lishi uchun otasi borini bergan. 2005 yilgi Barselona tarbiyalanuvchilari safida ulg‘ayganiga ko‘ra, qahramonimiz kelajakda aniq va aniq yetuk futbolchi bo‘lib yetishishi kutilgan. Alkantara Barselonaning katta jamoasiga 2010 yili kelib qo‘shildi. Ustozi – Xosep Gvardiola. Tiki-taka dunyoda hokim bo‘lgan davrlar Tyago bu uslubning bir qismi bo‘lgani yodimizda. Kataloniya klubining tizimidan chiqqani uchun unga bu uslub juda mos tushardi.

2013 yili "Bavariya"ga yo‘l olgan Tyago boshqa yigitlarga qaraganda Gvardiolaga o‘rganib qolgandi. O‘zi ham intervyularidan birida: “Men faqat Pep uchun bundesligaga o‘tdim” deb tan olgan.

Tyagoning yoshlik rasmlariga qarab turib, futbol oilasida tug‘ilgan bolakayga orzusiga yetishish ancha oson bo‘lganini ko‘ramiz. Zotan, doim u ikki qo‘lida to‘p ushlab turgan holida rasmga tushgan. Yoshligimda o‘yinchoqlarga qiziqmaganman, chunki otam menga doim to‘p olib kelardilar, degan Tyago.

Ikkinchi qahramonimiz – Dele Alli ham nisbatan Tyagoga o‘xshashligi bor. Misol uchun, otasi nigeriyalik. Onasi ingliz. AQSHda ko‘p bo‘lgan. Faqat Tyagoning oilasidan farqli o‘laroq, uning ota-onasi yoshligidayoq ajralib ketishgan. Onasi bilan qolgan Delle futbolga oshino bo‘lgan holida hech yordam ko‘rmagan. Otasi keyinroq, aqlini taniganida kelib ko‘rib ketib yurganida, Delega ko‘p narsalarni o‘rgatgan. Nisbatan futbolga qiziqishini ham ma’qullagan. Onasi haqida gapirgisi kelmaydi Alli. Biz ham gapirmaymiz, odoban.

O‘z intervyularida Dele: “Uyda taqlid qiladigan odamingiz bo‘lmasa, siz uchun asosiy manba – ko‘cha bo‘lib qolarkan!” degan. Darhaqiqat, Allini ulg‘aytirgan ko‘cha qoidalari bo‘ladi. 13 yoshida Londonning darbadar bolalariga qo‘shilib ketganini ko‘rgan ona nihoyat o‘g‘lini qutqarib qolish uchun futboliga ruxsat bergan. Aniqrog‘i, qo‘llab-quvvatlashni boshlagan. Hatto ish shungacha borganki, yaxshiroq yashaydigan oilaga berib yuboradi o‘g‘lini.

Keyinchalik bu ishini o‘zicha oqlagan: Deleni kelajagi yaxshilanishi uchun ham boy oilaga berganman.

Bugungi kunda "Tottenhem" safida o‘ynayotgan va Angliya terma jamoasiga jalb etilgan futbolchining hayot yo‘li shu. Ikki bir-biriga o‘xshamas yo‘llardan kelib bitta manzilda uchrashgan yigitlar 11 aprel kuni tug‘ilishgan. Dele Tyagodan besh yosh kichik, buni bilasiz.

Xayrulla Hamidov

Manba: @xayrulla_hamidov
Kiritildi: 12:22, 11.04.2020.
O'qildi: 3839 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик