Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Jasur Yaxshiboyev — yangi Mahrezmi?

Jasur Yaxshiboyev — yangi Mahrezmi?

Baho:
+ | -

Rossiyaning "Sovetskiy Sport" nashri Belarus chempionatida o‘ynayotgan iqtidorli futbolchilarga ahamiyat qaratib, ularni Rossiya klublariga tavsiya qildi. Ular orasida "Energetik-BGU" forvardi Jasur Yaxshiboyev ham bor.

Nashr o‘zbekistonlik futbolchi haqida quyidagilarni yozdi:

"O‘zbekistonlik legioner, mavsumning asosiy kashfiyotiga aylandi. U «Energetik» safiga ijara asosida «Paxtakor»dan keldi. U mavsumoldi yig‘inlarning asosiy qismini o‘tkazib yuborgan bo‘lsa-da (O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi safida Osiyo chempionatida ishtirok etdi), mavsumni ajoyib boshladi.

Yaxshiboyev – klassik qanot hujumchisi. Tezkor, texnikasi yaxshi, qo‘rqmasdan raqiblarni aldashga kirishadi, to‘pni yaxshi ushlaydi, har ikkala qanotdan markaz tomon surilib, darvoza tomon zarba beradi. Bundan tashqari, u sovuqqon. BATEga qarshi bo‘lib o‘tgan dastlabki o‘yinda raqib himoyachilari va darvozabonini birin-ketin aldab o‘tib, bo‘sh qolgan darvozaga to‘pni joyladi.

Bundan tashqari, Yaxshiboyev – faqat o‘zini o‘ylaydigan futbolchi emas. U maydonni yaxshi ko‘radi. Raqib himoyachilari ortiga uzatma bera oladi, sheriklari bilan "devor" o‘ynay oladi. Standartlardan aniq uzatma beradi. «Rux»ga qarshi o‘yinda (1:0) uning uzatmasidan keyin himoyachi Daniil Miroshnikov g‘alaba to‘pini kiritdi.

Jasurbek jamoasining 6ta golidan 5tasida bevosita ishtirok etdi. Dastlabki 3ta turda markaziy hujumchi vazifasida o‘ynagan bo‘lsa-da, unga qanotlarda bo‘sh hududni qidirish ko‘proq yoqishi ko‘rinib turibdi.

Kimdir uni yangi Riyod Mahrez deb atay boshladi. RPL klublari, ushbu iqtidor egasiga ahamiyat qarating!"

Manba: www.sovsport.ru
Kiritildi: 01:35, 13.04.2020.
O'qildi: 5738 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик