Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Lutfulla To‘rayev: «Umid qilamanki, virus tez orada ortga chekinadi»

Lutfulla To‘rayev: «Umid qilamanki, virus tez orada ortga chekinadi»

Baho:
+ | -

"Bunyodkor"ning tajribali o‘yinchisi Lutfulla To‘rayev ham barcha futbolchilarimiz singari bugun uy sharoitida mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Karantinga qat’iy amal qilayotgan yarim himoyachimiz o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Karantinga oilam bilan qat’iy amal qilgan holda uydan tashqariga chiqmayapmiz. Kitob o‘qib, farzandlarim bilan shug‘ullanyapman. Qolaversa, formamni ushlab turish maqsadida uy tartibida mashg‘ulot o‘tkazyapman.

Karantin qachon tugashi noma’lum. Mavsum qachon davom ettirilishi ham noaniq. Shu bois karantindan keyin jismoniy holatni tiklab olish oson bo‘ladi, deb o‘ylamayman. Sababi, hamma uyida yakka tartibda shug‘ullanyapti, jamoaviy mashg‘ulotlar o‘tkazilmayapti. Baribir yakka tartibda shug‘ullangan bilan jamoaviy mashg‘ulotlarning orasida katta farq bor.

Mavsum qancha kech davom ettirilsa taqvim ham shuncha zichlashadi. Buni bir yaxshi tarafi bor. Hamma futbolchi o‘yin amaliyotiga ega bo‘ladi. Barcha o‘yinchilarning jismoniy holati bir xil bo‘lish ehtimoli yuqori. Bunday vaziyatda murabbiylarda  ham rotasiya qilish, istagan futbolchisini xohlagan vaqtda maydonga tushirish imkoniyati bo‘ladi. Chunki aytganimdek, taqvim tig‘iz bo‘lgani uchun hammaga maydonga tushish imkoniyati beriladi va bu o‘z-o‘zidan jismoniy holatning bir xil bo‘lishiga zamin yaratadi.

Xalqimizga nima deyishim mumkin? Hukumatimiz tomonidan belgilangan karantin qoidalariga, gigiyena qat’iy amal qilaylik. Uyda qolib, virusni tarqalishining oldini olishga hissa qo‘shaylik. Xudo xohlasa virus tez orada ortga chekinadi va biz yana avvalgidek hayot tarziga qaytamiz, degan umiddaman", — dedi To‘rayev klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 19:52, 13.04.2020.
O'qildi: 3283 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик