Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
27/08 23:30 Selta 1-2 Osasuna
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 00:00 Kristal Pelas - Manchester Siti
29/08 16:30 Liverpul - Nottingem Forest
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl

«Nasyonal» prezidenti: «Ronalduga bajonudil stadionimizda shug‘ullanish imkoniyatini berdik»

«Nasyonal» prezidenti: «Ronalduga bajonudil stadionimizda shug‘ullanish imkoniyatini berdik»

Baho:
+ | -

Madeyrada joylashgan «Nasyonal» klubi prezidenti Rui Alvesh «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduga jamoa stadionida shug‘ullanish imkonini bergani haqida gapirib berdi.

Eslatib o‘tamiz, 35 yoshli portugaliyalik futbolchining karantin paytida o‘z uyi yaqinidagi «Nasyonal» klubi mashg‘ulot bazasida shug‘ullangani noroziliklarga sabab bo‘ldi. «Nasyonal» Krishtianu yoshlik paytida shug‘ullangan jamoalardan biri hisoblanadi.

«Krishtianu bizga qo‘ng‘iroq qildi va biz bajonudil unga shug‘ullanish imkonini berdik. Biz sanitariya qoidalari va Madeyraning koronavirus borasida qonunlariga bo‘ysunamiz.

Krish bizning tarbiyalanuvchimiz va «Nasyonal» akademiyasining eng yaxshi vakili hisoblanadi. Ronaldu — superprofessional va ajoyib insoniy xususiyatlarga ega. U — bizning faxrimiz. Futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchi bizning orolchamizda dunyoga kelgan.

U stadionga har kuni kelmaydi. Ba’zida ertalab, ba’zida kunduzi keladi. Bu uning mashg‘ulot dasturiga bog‘liq. Madeyra iqlimi unga yanada ko‘proq ijobiy energiya beradi. U ko‘p shug‘ullanadi va mazkur favqulodda holatning tezroq yakunlanishini kutyapti.

Nazarimda, u «Yuventus»da o‘zini baxtli his qilmoqda. U yana bir necha yillar davomida Turinda qoladi, deb o‘ylayman. U "byankoneri" futbolkasida Skudetto, Chempionlar ligasi va «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishini istayman», — dedi Alvesh "Tuttosport" nashriga bergan intervyusida.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 21:36, 14.04.2020.
O'qildi: 3987 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик