Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 19:30 Neftchi - Paxtakor
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

«Milan» sobiq direktori: «Real» 0:5 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin bizni hakamni sotib olganlikda ayblagandi

«Milan» sobiq direktori: «Real» 0:5 hisobidagi mag‘lubiyatdan keyin bizni hakamni sotib olganlikda ayblagandi

Baho:
+ | -

«Milan» sobiq bosh direktori Paolo Taveja Chempionlar Kubogi 1988/89 yilgi mavsumi yarim finalida «Real» ustidan qozonilgan 5:0 hisobidagi g‘alabani esga oldi.

«Jamoa tomonidan qo‘lga kiritilgan sovrinlardan tashqari, men «Real» ustidan 5:0 hisobida qozonilgan g‘alabadan ham rohat olaman.

O‘yindan bir kun avval darvozabonimiz Jovanni Galli Madriddagi birinchi o‘yinda Ugo Sanches unga bir necha bor tupurganini aytdi.

O‘yin boshlanishidan avval men hakam bilan suhbatlashdim, unga Gallining so‘zlarini yetkazdim va Sanchesni kuzatuvga olishini so‘radim. Ugoning birinchi qoida buzishiyoq sariq kartochka bilan jazolandi.

«Real» 0:5 hisobidan keyin vahimaga tushib qolgandi. Bernd Shuster mening yonimga kelib shunday dedi: «Siz hakamni sotib olgansiz!».

Unga shunday javob qildim: «Agar shunday bo‘lganda, biz 5:0 hisobida yutmagan bo‘lardik. Bizni hakamlarga ko‘p bora pora bergan direktorlaringizga o‘xshatmang». Shundan keyin men ketdim», — deydi Taveja.

1989 yilning aprelida bo‘lib o‘tgan qarama qarshilikning dastlabki bahsida 1:1 hisobi qayd etiladi. Milandagi o‘yinda mezbonlar Karlo Anchelotti, Frank Raykaard, Ruud Gullit, Marko van Basten va Roberto Donadonining gollari evaziga g‘alabani qo‘lga kiritgan. Finalda esa «Milan» «Styaua»ni taslim etib (4:0) chempionlikni qo‘lga kiritgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 17:15, 15.04.2020.
O'qildi: 2709 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.