Italiya futbol federasiyasi prezidenti Gabriele Gravina koronavirus sababli to‘xtatilgan joriy mavsumni imkon topib oxirigacha o‘ynab qo‘yish kerak degan fikrda.
— Biz mavsumni davom ettirish variantlarini o‘rganyapmiz. Buni takror va takror aytaman: hali vaqt bor ekan, chempionatni oxirigacha o‘ynash kerak. Hukumat, Liga, Federasiya va shifokorlarning barchasi birgalikda qaror qabul qiladi, — uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda La Repubblicca.