Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Nima uchun Fergyuson «MYU» futbolkalarini axlatga tashlab yuborgan edi?

Nima uchun Fergyuson «MYU» futbolkalarini axlatga tashlab yuborgan edi?

Baho:
+ | -

Bundan 24 yil avval “Manchester Yunayted” va “Sautgempton” o‘rtasidagi o‘sha mashhur uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi. APLning odatiy uchrashuvlardan biri nima uchun “qizil iblislar” tarixidan muqim o‘rin egallagan deysizmi? Unda maqolani oxirigacha o‘qing!

APLning so‘nggi turlari arafasida Aleks Fergyuson shogirdlari “Sautgempton” mehmoni bo‘lmoqda. Uchrashuvning birinchi bo‘limi oxirlab borayotgan bir paytda, hisob 3:0 mezbonlar foydasiga. Taym yakunlangach, Fergyuson kiyinish xonasida barcha futbolchilarga qarata “eching bu la’nati futbolkani” deb o‘shqirdi. “Qizil iblislar”ning oltin avlodi darhol murabbiyning aytganini qildi va zaxiradagi 3-komplekt – ko‘k rangli futbolkalarni kiyib ikkinchi bo‘limni boshlashdi.

O‘sha uchrashuv haqida Garri Nevillquyidagicha xotirlaydi: “Biz Ser nima uchun liboslarimizni almashtirishimizni talab qilganini darrov angladik. Buni tushuntirib berish juda mushkul”.

Darhaqiqat, o‘sha kulrang liboslar “Manchester Yunayted” tarixidagi eng omadsiz epikirova sifatida tarixda abadiy qoladigan bo‘ldi. Gap shundaki, Fergyusonni g‘azablantirgan futbolkalarda “MYU” 5 ta uchrashuvda maydonga tushgan bo‘lsa, 4 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lgan va atigi bir uchrashuvda bir ochkoni qo‘lga kiritgan xolos.

Ikkinchi bo‘lib boshlandi. Fergi bobo shogirdlari o‘yinning ikkinchi yarmida biroz o‘zini o‘nglab olishdi. Vaziyatlar yaratishni boshladi. Hatto Giggz hisobni qisqartirdi ham, biroq o‘sha kuni ularga futbolkalarni almashtirish ham mag‘lubiyatdan qutilib qolishga imkon yaratmadi. O‘yindan so‘ng, Fergyuson barchaga nima uchun kulrang liboslarni birinchi bo‘limda axlat qutisiga uloqtirib yuborganini tushuntirib berdi: “Kulrangdagi libosda futbolchilar bir-birlarini deyarli ko‘rmay qolishdi. To‘g‘rirog‘i raqibni ajrata olmay qolishdi. Yigitlar boshlarini ko‘tarishganida jamoadoshlarini maydonda ko‘rishmaganini ham aytishdi. Bu yerda hech qanday sir yo‘q”.

1996-yilda o‘zining “Manchester Yunayted”dagi so‘nggi mavsumini o‘tkazayotgan Li Sharp o‘yindan 10 yil o‘tib “The Guardian” nashri uchun bergan intervyusida vaziyatga oydinlik kiritib o‘tadi. “Ochig‘i, futbolchilardan birortasi futbolkalarning rangidan jabr ko‘rgani haqida aytgan so‘zlari eshitmaganman. O‘sha paytda yonimizda qo‘shimcha liboslar bor ekanligiga haligacha hayron qolaman. Yodimda bor, o‘yin oldidan murabbiylardan biri kulrang libos “Sautgempton”ning uy formasidan ajralib turishini aytgan, va biz o‘yinni aynan kulrang futbolkada boshlaganmiz. To‘g‘risi, “avliyolar”ning qizil va oq rangli liboslari bilan kulrang qanday qo‘shilib ketishi mumkinligi haqida haligacha bosh qotiraman”.

Ushbu intervyu omma yuzini ko‘rgach, oradan ikki yil o‘tib “Sautgempton” afsonasi Li Tisse ham o‘z avtobiografiyasida o‘yinga quyidagicha to‘xtalib o‘tadi: “Katta ehtimol bilan bu “Manchester Yunayted” tarixidagi eng yomon bahona bo‘lgan bo‘lsa kerak. Shunchaki biz ularni birinchi bo‘limdayoq “dabdala” qilib tashlagan edik. Ular kiritgan gol ham o‘yinning so‘nggi daqiqlarida urilgan va o‘yinga hech qanday ta’sir o‘tkazmagan edi”.

Shotlandiyalik murabbiy futbolkalarni axlat qutisiga uloqtirgach, “Umbro” kompaniyasi ushbu libosning savdosidan keskin zarar ko‘rgani bor gap. Bechora ishlab chiqaruvchilar, vaziyatdan chiqib ketish maqsadida o‘sha davrda 40 yevroga baholangan futbolkalarni 10 yevrodan sotishga majbur bo‘lishadi. “Umbro” shu yo‘sinda jamoaning muxlislari tomonidan bildirilgan e’tirozlarni biroz kamaytirgani e’tiborga molik.

Muallif fikri:

Katta ehtimol bilan ayyor Fergyuson shu yo‘sinda uchrashuvdan so‘ng, futbolchilarning katta bosim ostida qolib ketmasligini ta’minlagan bo‘lsa, ajab emas. Gap shundaki, o‘sha mavsum “qizil iblislar” chempionlik uchun kurash olib borayotgan va so‘nggi turlarga qadar bahs davom etishi aniq edi. Shotlandiyalik mutaxassis tomonidan amalga oshirilgan futbolkalar rokirovkasi esa, yakunda o‘z samarasini beradi. Shu o‘rinda Garri Nevillning intervyularidan biriga qisqacha to‘xtalib o‘tsam: “Agar yigitlardan biri o‘yinda qo‘pol xato qilsa, Ser Aleks darrov barcha qiziquvchan jurnalistlarning e’tiborini o‘ziga qaratishga va jurnal muqovalarida paydo bo‘luvchi iqtiboslar aytishga tirishar edi. Keyinchalik tushunib yetdim. U shu yo‘sinda bizni bosimdan asragan ekan”.

“Sautgempton”dan uchralgan alamli mag‘lubiyatga qaramay, Fergyuson jamoasi chempionlik poygasida “Nyukasl”ni so‘nggi uchta turda g‘alaba qozongancha quvib o‘tishga muvaffaq bo‘ladi. Ha aytgancha, APL shotlandiyalik dahoni birinchi bo‘limda o‘zboshimchalik bilan libos almashtirgani uchun 10 ming yevro miqdoridagi jarimaga tortadi. Murabbiy esa, o‘z avtobiografiyasida ushbu o‘ng ming yevro haqida quyidagi so‘zlarni aytgan edi: “Bu 10 ming yevro, hayotim davomida ishlatgan eng zo‘r pullarim sifatida xotiramda abadiy qoladi".

Maqola so‘ngida qiziq fakt. “Manchester Evening News” nashri tomonidan 2013-yilda o‘tkazilgan so‘rovnomga ko‘ra, “qizil iblislar” tarixidagi eng yomon epikirovkasi qaysi rangdagi futbolkalar egalladi deb o‘ylaysiz? Payqaganingizdek, 1996-yilda “ko‘rinmas” laqabini olgan “Umbro”ning kulrang futbolkalari!

Yahyoxo'ja Ulug'xo'jayev

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 04:06, 16.04.2020.
O'qildi: 5883 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.