Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

Lyakazzet "Atletiko"da?!

Madridning “Atletiko” klubi “Arsenal” hujumchisi Aleksander Lyakazzetni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

AS nashri bergan xabarlarga qaraganda, “Matraschilar” fransiyalik hujumchini Diyego Kostaning o‘rnini to‘ldirishni reja qilmoqda.

Manba bergan xabarlarga qaraganda, “Atletiko” klubi jamoadagi eng katta maosh oluvchi futbolchisini yozda “A seriya”ga sotib yubormoqchi.

Saneda tanlov ko‘p

 

Angliyaning “Manchester Siti” klubi hujumchisi Leroy Sane yozda boshqa klubga ko‘chib o‘tishi haqiqatga yaqinlashib bormoqda.

“Bild” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “Bavariya” klubidan tashqari yana 4 ta grand klub futbolchi borasida “Siti”ga taklif bilan chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, nemis futbolchisi yozda klubni tark etishga tayyor ekanligini rasman e’lon qilgan.

Demirel “Yuve”da qoladimi?

 

Turinning “Yuventus” futbolchisi Merix Demirel kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi.

“Tuttosport” nashri bergan xabarlarga qaraganda, 22 yoshli futbolchi bir nechta grand jamoalardan taklif bo‘lishiga qaramay, Turinda qolishga qaror qildi.

Eslatib o‘tamiz, himoyachi bilan so‘nggi kunlarda “Atletiko”, “Arsenal”. “Everton”, “Lester” va “Milan” jamoalaridan takliflar kelib tushgan.

Lempard yarim himoyachi izlamoqda

 

Londonning “Chelsi”klubi ustozi Frenk Lempard “Derbi Kaunti” yarim himoyachisi Maks Berdni “Chelsi”ga olib kelishni istamoqda.

“Footballinsider” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “aristokrat”lar 19 yoshli futbolchi uchun 5,7 million yevro sarf etishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Berd chempionshipda 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi va ikkita assistni amalga oshirdi.

“Yuventus” Sandrodan qutilmoqchi

 

Turinning “Yuventus” jamoasi qanot himoyachisi Aleks Sandro yozda o‘zi uchun yangi jamoa izlashni boshladi.

“Tuttosport” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “Yuventus” Sandroning o‘rnini Ashraf Hakimi bilan to‘ldirishni rejalashtirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Turin klubi 29 yoshli braziliyalik futbolchi borasidagi barcha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor ekanligini rasman e’lon qildi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 04:48, 16.04.2020.
O'qildi: 8014 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.