Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Daraja»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Daraja»

Baho:
+ | -

Daniel Parexo. "Valensiya" klubi pleymeykeri 31 bahorni qarshi oldi. Jamoa sardori ikki yil oldin klubi bilan shartnomasini uzaytirgan, 2022 yilga qadar “ko‘rshapaklar” klubida faoliyat olib boradi. Parexo boshqa ispan futbolchilaridan nimasi bilan farq qiladi?

Uning o‘yinini kuzata turib, men Daniel asr boshlaridagi ispan futbolidan kelib qolganmikan deb o‘ylayman. Chunki u ham o‘sha paytlarning ispan yulduzlari kabi yoshlar o‘rtasidagi turnirlarni yondirgan – 2007 yili 19 yoshgacha Yevropa chempioni, 2011 yili 21 yoshgacha qit’a g‘olibi – kattalashgani sari o‘sha darajasini saqlab qolmagan iste’dod. Oldingi "qizil furiya" yigitlari shunday bo‘lardi. Lekin avval ilk akademiyasi – “Real”da muvaffaqiyatli o‘ynab ketolmagan bo‘lsa-da, "Xetafe"dagi yaxshi o‘yinlari evaziga 22 yoshida "Valensiya" safiga kelib qo‘shildi. Deyarli o‘n yil davomida bu jamoaning safida o‘ynab kelmoqda. Muqim o‘yinchi.

 Bugungi "Valensiya"ning usiz tasavvur qilishimiz mushkul. Parexo yaqinda katta intervyu berdi va unda yosh futbolchilarga zo‘r maslahatlar berib o‘tdi: “Agar bir joyda baxtingizni topsangiz, u yerni tark etishni aslo o‘ylamang. Keyin bu baxt shu joyga qaytib kelganingizda ham topilmay qoladi”.

Juda ko‘p yulduzlar bu gaplar nechog‘liq haqiqatligini isbotlashdi. Parexo esa, bir jamoada ko‘kardi. To‘g‘ri, yoshligida Yevropa chempioni bo‘lib yurgan yigit kattaroq klublarga loyiq, dermiz. Ammo yangi maskanlarida o‘ynab ketishi aniq emas-da.

Parexo bugungi kunda Ispaniya terma jamoasiga jalb etilgan va balki, balki kattalar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida ham zafarli natijalar qayd etib, yoshlik davriga qaytar va futbolni armonsiz tark etar. Axir, unda bunga bugungi kunda yetarli potensial borku...

Xayrulla Hamidov.

Manba: @xayrulla_hamidov

Парехонинг ҳаракатлари:
Иккинчи Хави?!

Kiritildi: 07:45, 16.04.2020.
O'qildi: 3969 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик