Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/10 00:00 Barselona 5-1 Sevilya
21/10 18:00 So‘g‘diyona 1-1 OKMK
21/10 21:00 Al-Ayn 4-5 Al-Hilol
21/10 21:00 As-Sadd 1-0 Persepolis
21/10 21:00 Ash-Shorta 0-0 Paxtakor
21/10 23:00 Ar-Rayyan 1-2 Al-Ahli (SA)
21/10 23:45 Verona 0-3 Monsa
22/10 00:00 Valensiya 2-3 Las-Palmas
22/10 00:00 Nottingem Forest 1-0 Kristal Pelas

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirib o‘tishda davom etamiz.

Dani Sebalos “A Seriya”da?!

Ayni damda Londonning “Arsenal” jamoasida ijara asosida to‘p surayotgan Dani Sebalos yozda Italiya klublaridan biriga o‘tishi mumkin.

“MundoDeportivo” nashri bergan xabarlarga qaraganda, 23 yoshli futbolchi bilan “Yuventus” klubi jiddiy qiziqib qolgan.

Eslatib o‘tamiz, “Real Madrid” va Sebalos o‘rtasidagi shartnoma 2023-yilga qadar mo‘ljallangan bo‘lib, “qirollik klubi” Danini sotib yuborishga qarshi emas.

Koutinyoni qoladimi?

 

Ayni damda “Bavariya” jamoasida to‘p surayotgan Fileppe Koutinyoning kelajagi borasida “Barselona” Kike Setyen o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Koutino men jamoamda ko‘rishni istagan futbolchilardan biri. U ayni damda “Barselona” futbolchisi sanaladi. Shunday ekan, uni qo‘lga kiritishni istagan jamoa klub talab qilgan summani to‘lashi lozim. Men tez orada klub bilan Koutinyo borasida suhbat uyushtiraman. Barchasi tez orada ma’lum bo‘ladi.”,-deb xabar bermoqda FootballEspana

“Everton” birinchi transferga yaqin

 

Angliyaning “Everton” klubi yozda “Lill” markaziy himoyachisi Gabriyelni o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi.

“The Guardin” nashri bergan xabarlarga qaraganda, 22 yoshli futbolchi uchun “irislar” 35 million yevro to‘lashga tayyor.

Manba bergan xabarlarga qaraganda, himoyachi uchun bir nechta klublar qiziqayotgan bo‘lsada, “Everton” futbolchini qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi

Kovolenko ketishga yaqin

 

Ukrainaning “Shaxtyor” klubi futbolchisi Viktor Kovalenko yozda jamoasini almashtirishi mumkin.

“Fanatik” nashri bergan xabarlarga qaraganda, yarim himoyachini “Beshiktosh” va “Roma” klublari o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Manbada yozilishicha, turk klubi futbolchi uchun Ukraina klubiga 20 million yevro taklif qilgan, biroq “konchilar” o‘z futbolchisini 30 milliondan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.

 Eslatib o‘tamiz, Kovolenko ushbu mavsumda Ukraina chempionatining 13 ta uchrashuvida maydonga tushgan va uning hisobida bitta gol mavjud.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 04:26, 17.04.2020.
O'qildi: 4968 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.