Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 0-0 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 1-1 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Elmira Gulamova: «Futbolchilarimiz jiddiy nazoratda»

Elmira Gulamova: «Futbolchilarimiz jiddiy nazoratda»

Baho:
+ | -

Amaldagi O‘zbekiston Kubogi va Superkubogi sohibi «Bunyodkor-W» bu yil ham o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan. Elmira Gulamova shogirdlari ham karantin vaqtida yangi mavsumga tayyorgarlikni o‘z uylarida davom ettirmoqda. Biz bosh murabbiyning fikrlari bilan qiziqdik.

— Barcha futbolchilarga uy sharoitida shug‘ullanishlari uchun maxsus mashqlarni vazifa qilib berganmiz. Yana ham aniqrog‘i, mashqlar individual tarzda yuklatilgan. O‘yinchilar jiddiy nazoratda bo‘lib turishibdi. Qizlar har kuni o‘tkazgan mashg‘ulotlarini videolavhasini menga jo‘natmoqda. Mashg‘ulotlarni ko‘rib, munosabatimni bildiryapman. Hovlida istiqomat qiladigan shogirdlarim o‘zlariga yuklatilgan vazifani hovlida, ko‘p qavatli xonadonlarda yashaydiganlar imkon qadar tashqariga chiqib, umumiy hovlida bajarishmoqda. Imkoniyati yo‘qlar esa, xonadonning o‘zida shug‘ullanishmoqda. Asosiysi, hech kim nazoratdan chetda qolayotgani yo‘q. Barcha birdek shug‘ullanib, formani ushlab turishini qat’iy nazoratga olganmiz.

Karantin qachon tugashini bilmaymiz. Tabiiyki, karantin qancha uzoq davom etsa, yangi mavsumning taqvimi yanada zichlashadi. Garchi o‘yinlar oralig‘i tig‘izlashsada, musobaqa formati avvalgidek qolishi tarafdorimiz. Hech narsani o‘zgartirmasdan, ishtirokchilarni uy-safar tizimida o‘ynash formatini qoldirish kerak. Mayli, turlar orasidagi kunlar qisqa bo‘lsin, lekin format o‘z joyida qolsin! Hozir barcha bir oydan buyon uyda o‘tirgani uchun o‘zida bosimni his qilmoqda. Shu bosimni aynan ketma-ket o‘tkaziladigan o‘yinlar orqali chiqarib tashlanadi. Turlar orasidagi kunlar 4-5 kun bo‘lishining ziyoni yo‘q. Chempionatni noyabr oyida ham tugatsak bo‘ladi.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 15:05, 17.04.2020.
O'qildi: 2148 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик