Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

«Barselona» o‘zi tarbiyalab, qadrlamagan o‘yinchilar ramziy jamoasi

«Barselona» o‘zi tarbiyalab, qadrlamagan o‘yinchilar ramziy jamoasi

Baho:
+ | -

Stadion.uz akademiyasining qadriga yetmagan “Barselona” uchun “maxsus ramziy jamoani taqdim etadi.

Xavi o‘zining so‘nggi intervyularidan birida “Barselona” akademiyasida futbolchilarga e’tibor berilmayotganidan ranjiganini yashirib o‘tirmadi. Darhaqiqat, so‘nggi paytlarda “Barsa” o‘z akademiyasi bituruvchilaridan ko‘ra millionlarga sotib olingan futbolchilarga ishonch bildirishni afzal ko‘rmoqda. Xo‘sh,ular shu yo‘lni tanlash ortidan qanday futbolchilarni qo‘ldan chiqarishdi?

Darvozabon

Andre Onana («Ayaks»)

Darvozabon klub akademiyasiga shaxsan Samuyel Eto’Oning taklifi bilan olib kelinadi. Aslida, unda “Barselona”da qolishi va asosiy tarkibga kirishga urinib ko‘rishi mumkin edi, biroq kamerunlik kiper foydali ijarani afzal ko‘rdi. Bugungi kunda, Ter Shtegen Kataloniya jamoasi darvozabonini munosib qo‘riqlab kelmoqda, shunga qaramay klub yana bir saviyali darvozabonni qo‘lga kiritishni istamoqda. Vaholanki, o‘z vaqtida klub Onanaga ishonmagani bois, uniarzimagan pulga Gollandiyaga jo‘natib yuborgan edi.

Himoyachilar

Ektor Belyerin («Arsenal»)

Angliyaning “Arsenal” o‘ng qanot himoyachisi so‘nggi mavsumlarda moda bilan juda ham o‘rlashib qoldi. Bundan tashqari, orttirilgan jarohatlar sababli uning o‘yinida keskin pasayish kuzatildi. “Barselona” Semeduga millionlarni sarflayotgan bir paytda, Ektor “Arsenal”da APLning eng shiddatli futbolchisi sifatida barchaning e’tibor markazida edi.

Mark Bartra («Betis»)

Beylning Bartrani kubok finalida tezlikda ortda qoldirgani uchun himoyachi Kataloniyada uzoq muddat qola olmadi. Keyin Dortmundga yo‘l olgan futbolchi endilikda “Betis”da munosib o‘yin namoyish etmoqda. To‘g‘ri,bir qarashda, u Pikening o‘rnini bosishga qodir emas, lekin ayni damda Mark Langle yoki Umtitidan ham kuchsiz himoyachi emas.

Serxi Gomes («Sevilya»)

Gomes ayni damda Andalusiyada o‘zini yaxshi his etmoqda. Agarda o‘z vaqtida klub Serxio bilan shartnoma tuzganida, bugun markaziy himoyachi borasida hech qanday muamo bo‘lmas edi.

Alexandro Grimaldo («Benfika»)

O‘z vaqtida Grimaldo o‘zining pik formasidagi Albaga raqobat qila olmadi. E’tibor qarating. Barcha sovrinlarni yutib bo‘lgan Alba yaxshi formadami yoki g‘alabaga o‘ch chanqoq va tezkor Grimaldomi? Bu mavsumda allaqachon 10 ta assistni amalga oshirishga ulgurgan futbolchi ortiqcha qiyinchiliksiz Albaning o‘rnini egallashga qodir edi. Afsus...

Yarim himoyachilar

Adama Traore («Vulverxempton»)

Adamaning transfer qiymati bugun tobora o‘sib bormoqda. APLdagi krosslari bilan hammani e’tiborini o‘ziga qaratayotgan futbolchi uchun “Barselona” endi kamida 60 million yevro to‘lashi talab etiladi. Vaholanki, o‘z vaqtida “Barselona” Traorega ikkinchi imkonni bermagan.

Tyago Alkantara («Bavariya»)

Og‘ir artileriya sifatida katta futbolda o‘z o‘rnini topib borayotgan Mazinoning o‘g‘li nima uchun “Bavariya” sotib yuborilganini haligacha tushunish mushkul. Ayni damda De Yong uchun 60-70 million yevro sarf etayotgan jamoa Tiago singari ijrochilarga juda muhtoj.

Dani Olmo («Leypsig»)

Dani uchun “Barselona” birorta imkon ham bermaganiga ishonasizmi? Futbolchining aytishicha, murabbiylar unda Kataloniya klubi safida to‘p surish uchun hech qanday imkon yo‘qligini va faoliyatini saqlab qolish uchun boshqa klubga o‘tishni tavsiya qilgan ekan. Endilikda ispaniyalik futbolchi uchun barcha jabhada ilg‘orlik namoyish etayotgan “Leypsig” 40 million yevrodan voz kechdi. Endigina 21 yoshga to‘lgan futbolchining kelajagi hali oldinda.

Mark Kukurelya («Xetafe»)

21 yoshli chap qanot himoyachisi “Xetafe”da ijara asosida to‘p surmoqda. Uning ayni damda klubdagi eng yaxshi statistika egasi sanaladi. U jamoasi bilan La Ligada kuchli to‘rtlikka kirish uchun kurash olib bormoqda. To‘g‘ri, u ayni damda “Barselona” futbolchisi sanaladi, biroq unga APLdan bo‘layotgan takliflar “Barselona”ni uni sotib yuborishga yaqin ekanligidan dalolat. Umid qilamizki, “Barselona” uni sotib yubormaydi, Aks xolda, ko‘p o‘tmay uni ortga qaytarish uchun ham millionlar to‘lash lozim bo‘ladi.

Jerar Deulofeu («Uotford»)

Jerar futbolchi sifatida o‘sishga harakat qildi, biroq “Barselona” unga o‘sha paytda o‘yin amaliyoti yaratib berishga qodir emas edi. Tezkor, iqtidorli va “Barselona” o‘yin falsafasida suyagi qotgan futbolchi bugungi kunda “Uotford” yetakchisiga aylangan. To‘g‘ri, u ikkinchi Messi bo‘lmasligi mumkin, biroq ayni damda “Barselona”ga Bretueytdan foydaliroq bo‘lishi aniq edi.

Hujumchi

Mauro Ikardi (PSJ)

Ikardi Argentinadan Kataloniyaga ko‘chib kelganida, bolakay edi. Klub akademiyasi uni tarbiyaladi, futbolchi sifatida yetishdirdi, biroq o‘yin amaliyotga kelganida u bilan shartnoma imzolashdanbosh tortdi. Keyin “Inter” otni qamchilagancha, uni o‘z tomoniga og‘dirib oldi. Agar o‘z vaqtida futbolchiga ishonishganida Lautaro uchun 111 million yevro to‘lashning hojat bo‘lmas edi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 07:03, 19.04.2020.
O'qildi: 10914 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.