Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Ueyn Runi: «Tan olish og‘ir, ammo «Liverpul» eng kuchli hujum chizig‘iga ega»

Ueyn Runi: «Tan olish og‘ir, ammo «Liverpul» eng kuchli hujum chizig‘iga ega»

Baho:
+ | -1

«Derbi Kaunti» hujumchisi Ueyn Runi «Liverpul» hujum chizig‘ini jahondagi eng kuchlisi deb hisoblashini aytib o‘tdi.

«Gollar o‘yinchilarning o‘zaro bir-birini yaxshi tushunishiga bog‘liq. «Liverpul»ning hujum uchligi — ideal ko‘rinishda. Muhammad Saloh va Sadio Mane hujumning keskinligini ta’minlaydi. Natijada raqib himoyachilari o‘z darvozalari tomon surilishga majbur bo‘lishadi. Bu esa Roberto Firminoga to‘pni qabul qilish uchun ochiq hududga ochilishga imkon beradi. Markaziy himoyachilar bo‘shashishsa, Saloh va Mane katta tezlikda oldinga o‘tib, bo‘sh hududni yuzaga keltirishadi.

Bu holat menga Franchesko Tottining o‘yinini yodga solmoqda. «Roma»da ikki vinger qanotdan raqib jarima maydoniga hujum qilgan paytda, Totti "to‘qqizinchi raqamli futbolchi" vazifasini bajarar edi.

Tan olish og‘ir, ammo «Liverpul» hozirgi kunda jahondagi eng kuchli hujum chizig‘iga ega», — dedi Runi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 14:52, 19.04.2020.
O'qildi: 4189 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик