Gabonlik hujumchi Pyer-Emerik Obameyang yoshiga qaramay, gol urish qobiliyati va futbolga bo‘lgan ishtiyoqi hali ham yuqori ekanini namoyish etmoqda.
U avval "Barselona" safida ham to‘p surgan Ispaniya chempionatiga qaytdi va yangi jamoasi "Deportivo"ning dastlabki ikki turdagi har ikki golini urdi.
"Deportivo" chempionatning ilk ikki o‘yinida ham 1:1 hisobida durang qayd etdi. 37 yoshli Obameyang avval "Elche" darvozasini ishg‘ol qildi, keyingi turda esa "Malaga"ga qarshi bahsda ham gol urdi.
Endi "Deportivo" 30 avgust kuni o‘z maydonida "Valensiya"ni qabul qiladi.













