Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano 3-2 Rasing
05/09 21:30 Xall Siti 0-0 Aston Villa
05/09 23:45 Roma 2-1 Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio

Abror Pirriyev: «Karantindan keyin birinchi rasmiy o‘yingacha ikki haftalik yig‘in kerak bo‘ladi»

Abror Pirriyev: «Karantindan keyin birinchi rasmiy o‘yingacha ikki haftalik yig‘in kerak bo‘ladi»

Baho:
+ | -

Hamma qatori “Lokomotiv” futbolchilari ham karantinni o‘z uylarida, oila davrasida o‘tkazishyapti. Asosiy jamoa shifokori Abror Pirriyev bilan bog‘lanib, futbolchilar holati bilan qiziqdik, qolaversa shu kunlarda eng ko‘p muhokama qilinayotgan savolga javob oldik.

— Karantin paytida futbolchilar holatidan xabar olib turibsizmi? Ularning sog‘lig‘i yaxshimi?
— Albatta, onlayn rejimda har bir futbolchining ahvolidan xabardor bo‘lyapmiz. Hozirgi kunda O‘FA va klublar mutasaddilari, murabbiy va shifokorlar — barchamiz futbolchilar bilan aloqadamiz. Jamoamiz o‘yinchilari orasida salomatligi xavotirga soladigan alomatlar yo‘q. Hamma murabbiylar shtabi tomonidan tuzib bergan reja asosida o‘z uyida individual tarzda shug‘ullanyapti.

— Tibbiy nuqtai nazardan karantin tugaganidan keyin necha kun o‘tib rasmiy o‘yinlarni boshlagan ma’qul deb o‘ylaysiz? Negaki bu savol hozirda ko‘pchilikni qiziqtiryapti.
— Bu masalaga biroz jiddiy yondoshuv kerak. Chunki har bir futbolchi uyda har qancha mustaqil shug‘ullanmasin, murabbiylar nazoratidagi jismoniy yuklamalar bilan, unutilayozgan o‘yin amaliyoti qirralarini mujassamlashtiruvchi, futbol maydonida olib boriladigan mashg‘ulotga barobar bo‘lma olmaydi.

Shuning uchun mavsum muddati sharoitidan kelib chiqib to birinchi rasmiy bahsga qadar jamoalar ikki haftalik o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazishlari zarur deb hisoblayman. Nima uchun? Chunki jiddiy yuklamalarga tayyor bo‘lmagan mushaklar jarohat olishga moyil bo‘lib qoladi va kutilayotgan tig‘iz mavsumga hali tayyor bo‘lmagan futbolchi buning oqibatida jarohatlar girdobiga tushib qolishi mumkin.

Jarohatga yo‘liqadigan futbolchilar orasida milliy terma jamoa a’zolari ham bo‘lishi mumkinligini inobatga olib, bu masalada shoshma-shosharlik qilmasdan obdan o‘ylab keyin qaror chiqargan ma’qul deb o‘ylayman.

— Shu o‘rinda uyda qolayotganlarga tilaklaringiz?
— Karantin davrini ko‘chaga chiqmasdan uyda o‘tkazayotganlarga o‘zlari va oilasi sog‘lig‘i haqida qayg‘urib bundan keyin ham uyda qolishlarini tilab qolaman. Chunki hozirgi paytda bu juda muhim. Futbolchilarimizga ham avvalo uyda qolishni, murabbiylar tomonidan berilgan reja asosidagi mashg‘ulotlarni uy sharoitida qunt bilan bajarishlarini, vaznni nazorat qilib borishni hamda ko‘proq kitob mutolaa qilishlarini tilab qolaman.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 07:10, 20.04.2020.
O'qildi: 3777 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик