Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese
18/05 00:15 Barselona - Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli

Franchesko Totti: «Roma»dagi vaziyat o‘zgarmas ekan klubga qadam ham bosmayman»

Franchesko Totti: «Roma»dagi vaziyat o‘zgarmas ekan klubga qadam ham bosmayman»

Baho:
+ | -

«Roma» sobiq hujumchisi Franchesko Totti nima sababdan faoliyatini yakunlashga qaror qilgani haqida gapirdi.

«Men futbol o‘ynashdan to‘xtashni istamagandim. Yaxshi formada edim, nega endi ketishim kerak? Ulardan har safar o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni so‘ramadim yoki meni maydonga tushirishlariga majbur qilmadim. Klubdagi faoliyatimni buzib qo‘yishni istamadim, shu sabab boshqa jamoada bir yil o‘ynagandan ko‘ra faoliyatimni yakunlab qo‘yishni ma’qul ko‘rdim. Tentak yoki 10 yoshli bola ham emasman, biroq aytishim kerak, jismoniy holatim yaxshi edi, buni mashg‘ulotlar jarayonida ko‘rish mumkin edi. Biror yumushga yaray olardim va hech kimdan kam emasdim.

Kiyinish xonasining bir bo‘lagi ekanimdan, yosh futbolchilar bilan ishlab, ularga tajribamni berish orqali murabbiyga yordam qilishdan juda baxtli edim. Zaxiradan tushgan vaqtim stadion «yonardi» va bu atmosfera hammaga yordam berardi. Hamma narsaning oxiri bor, buni bilaman, ahmoq emasman. Biroq muammo shundaki, ba’zi odamlar kelib klubni tark etish qaroriga kelganimni e’lon qilishni so‘radi, keyin esa meni bir chetga surib qo‘yishdi. Juda siqildim. Klub uchun barchasiga tayyor edim. Eshitib oling, vaziyat o‘zgarmas ekan Trigoriyaga («Roma» bazasi joylashgan joy) qadam bosmayman.

O‘g‘lim — «Roma» akademiyasi tarbiyalanuvchisi. Uni har gal mashg‘ulotlarga olib borganimda darvoza oldida qolaman. Ba’zida mashinada qolaman va 30 yil o‘tib bu yerga kira olmaydigan darajaga yetib kelganimni o‘ylab yig‘layman. Men ketdim va shu bilan tamom. Hali ham yaqin do‘stlarim bor va ular so‘rashgani tashqariga chiqib turadi. Vaqti vaqti bilan o‘g‘lim o‘yin tomosha qilish uchun chaqirib qoladi, biroq men bunday qila olmayman. Bu men uchun o‘limga teng», — deydi Totti.

Eslatib o‘tamiz, Totti 1992—2017 yillar mobaynida rimliklar safida to‘p surgan. 2017 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan Totti klub direktorligi lavozimini egallaydi. Biroq 2019 yilning yozida kelishmovchiliklar sabab bu lavozimni ham tark etadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:24, 20.04.2020.
O'qildi: 3303 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик