Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Rivaldo: «Bunyodkor»dagi davri, ochlik va qiyin o‘tgan bolaligi haqida

Rivaldo: «Bunyodkor»dagi davri, ochlik va qiyin o‘tgan bolaligi haqida

Baho:
+ | -

Stadion.uz yaqindagina afsonaviy Rivaldo haqida Soccer nashri e’lon qilgan maqolani o‘quvchilarimizga taqdim etadi.

Yaqindagina o‘zining 43 yoshini qoralagan braziliyalik “abadiy darbadar” Rivaldo haqidagi qiziqarli ma’lumotlar, futbolchining iqtiboslari va erishgan yutuqlari bilan tanishtirib o‘tamiz.

Rivaldoning faoliyatidagi 10 ta muhim klub

1. “Mojo-Mirin” San-Pauli shtatidagi mo‘’jazgina klub Rivaldo uchun chinakam tramplin vazifasini o‘tab bergani bilan juda mashhur. Bundan tashqari, qahramonimiz o‘zining so‘nggi mavsumini ham aynan shu klubda jamoa sardori sifatida o‘tkazgan. 43 yoshida ham “Mojo-Mirin” uchun foyda keltirishga qodir “maestro”ga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q.

2. “Korintians” jamoasi skautlari yarim himoyachini 20 yoshga qadam qo‘ygan chog‘ida “xalq jamoasi”ga taklif qilishgan. E’tiborli shundaki, “Mojo-Mirin” o‘z tarbiyalanuvchisini avvaliga bir mavsumga ijaraga beradi. Keyin esa, “Korintians”dan uning transferi uchun 4 million talab qiladi. “xalq jamoasi” Rivaldo uchun pul tejashga urinayotgan bir paytda...

3. “Palmeyras” klubi katta sahnaga chiqadi va klub istagan summani 3 soatda to‘lab yosh iqtidor egasini qo‘lga kiritadi. Rivaldo ham “Palmeyras”da chinakamiga o‘zini ko‘rsatishni boshlaydi. U professional futboldagi eng ajoyib mavsumlarini aynan shu klub safida o‘tkazishni boshlagan desak, adashmagan bo‘lamiz. Ikki bor shtat chempionligi va yakunda Braziliya chempionligini qo‘lga kiritgan futbolchini “Palmeyras” 4 barobar qimmatroq narxga sotib yuborishga qaror qiladi.

4. “Deportivo” Rivaldoning Yevropada birinchi klubi sifatida tarixda qoldi. Qahramonimiz La-Karunyada atigi bir mavsum qolganiga qaramay 41 ta uchrashuvda 21 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi. “Deportivo” chempionatda “Real Madrid” va “Barselona”dan keyin 3-o‘rinni egallagan bo‘lsa, qahramonimiz kelasi mavsumni Kataloniya klubida boshlaydigan bo‘ldi.

5. “Barselona” Rivaldoning karyerasi eng pik nuqtaga ko‘tarilganida uni o‘z jamoasiga og‘dirib olgani tahsinga sazovor. 235 ta uchrashuv 130 ta gol! 1999-yildagi “Oltin to‘p” sovrini va 4 ta sovrin. To‘g‘ri, Rivaldo Kataloniyada sovrinlar qurshovida qolib ketmadi, biroq uning Figu bilan birga hosil qilgan tandemini haligacha muxlislar yaxshi xotirlashadi.

6. “Milan” safiga Rivaldo Osiyo qit’asida bo‘lib o‘tgan mundial g‘olibi sifatida tashrif buyurdi. 30 yoshli futbolchidan “rossoneri” chinakamiga “mo‘’jiza” kutishgani rost. Qaysidir ma’noda qahramonimiz o‘zining ilk mavsumida buni namoyish etdi, biroq keyin zaxira o‘rindig‘iga mixlanib qoldi.

7. “Olimpiakos” safiga kelib qo‘shilganida undan furor kutishmagan bo‘lsada, u buni ko‘rsata oldi. Gresiyada 40 dan ortiq gol kiritishga muvaffaq bo‘lgan Vitor Borba Ferreyra “Olimpiakos”ni muxlislar yoqimtoyi sifatida tark etdi.

8. “Bunyodkor” safiga uning kelib qo‘shilishi Toshkent klubining eng gullagan davrlariga to‘g‘ri keladi. To‘g‘ri, ayni damda jamoa avvalgi darajada qudratga ega emas, biroq bu klub bugungi kunda o‘zbek futboliga iqtidorlar yetkazib berish bilan shug‘ullanmoqda. Bundan tashqari, “qaldirg‘ochlar”nitaniqli murabbiy Vadim Abramov boshqarmoqda. U,shuningdek,milliy jamoa bosh murabbiyi ham sanaladi. Rivaldo Toshkentda ikki mavsum to‘p surdi. Ichki birinchilikda barcha musobaqalarda g‘olib chiqdi. OCHL yarim finaliga qadar yetib bordi. Uning Skolari bilan tandemda ishlagani haligacha o‘zbek futbolidagi eng yorqin xotira sanaladi.

9. “Kabushkorp” haqida eshitganmisiz? Angolada shunday klub bor. Rivaldo Angola chempionatida yorqin va yoqimli xotiralar qoldirdi. Futbolchining aytishicha, Angolada deyarli 99 foiz muxlis klubning emas, aynan uning o‘yinini tomosha qilish uchun stadionga tashrif buyurgan ekan.

10. Braziliya terma jamoasi libosida 73 ta o‘yinda maydonga tushgan Vitor Ferreyra o‘zining 34 ta goli bilan muxlislarga quvonch ulashgan. 10 yil(1993-2003) davomida terma jamoadan muntazam chaqiruv olgan qahramonimiz 2002-yilda JCH oltin medallarini qo‘lga kirtibgina qolmay, Konfederasiyalar kubogi va Kopa Amerikada ham zafar quchgan. Ayniqsa, uning 2002-yildagi JCHda kiritgan 5 ta goli va Turkiya terma jamoasiga qarshi ishlatgan simuliyasiyasi haligacha eslanadi.

Nima uchun Rivaldoning hayoti juda ta’sirli? 5 ta fakt

  1. Juda qiyinchilikda katta bo‘lgan bolakayning professional tarzda futbol shug‘ullanishini hech kim tasavvur ham qilmagan bo‘lsa, ajab emas. Og‘ir o‘tgan bolalik tufayli Rivaldoning og‘zidagi tishlari ham to‘kilib ketgan. Uning vitamin yetishmovchiligi sababli hunuk gavdasi doimo atrofdagilarda kulgu uyg‘otgan. Eng achinarlisishundaki, u 15 yoshida otasidan ajralgan.

2. Intiluvchanlik borasida hech kim u bilan bellasha olmasligi aniq. U futbol bilan shug‘ullanayotgan chog‘ida yo‘l haqi uchun puli bo‘lmagan. Oqibatda, 15 km masofani piyoda bosib o‘tgancha mashg‘ulotlarga qatnashga to‘g‘ri kelgan.

3. Unga hech kim ishonmagani tabiiy hol. Vitor juda nimjon va nosog‘lom bola bo‘lgani bois, uning 90 daqiqa yugura olishiga hech kim ishonmagan. U o‘zini o‘zi oyoqqa qo‘ygan kam sonli futbolchilardan biri sanaladi.

4. U qaysi klubda to‘p surmasin, muxlislarning yoqimtoyi bo‘lishni uddalagan. Bundan tashqari, u o‘z davrining eng zo‘r futbolchisi bo‘lishga va kamdan-kam futbolchilarga nasib etuvchi “zo‘rlarning zo‘ri” unvonini qo‘lga kiritgan. Uning “Valensiya”ga qarshi uchrashuvda kiritgan o‘zi singari afsonaviy goliga e’tibor qarating:

 

5. Uning o‘g‘li Rivaldinyo bilan bir jamoada to‘p surganidan xabaringiz bormi? Ota-bolalar “Mojo-Mirin” safida nafaqat birga to‘p surishgan, hatto bir uchrashuvda bittadan gol kiritishga ham muvaffaq bo‘lishgan.

Barcha qiyinchiliklarni yengib o‘tgan, hayotning og‘ir bolalik taqdim etishiga qaramay o‘zi suygan futbol bilan oxirigacha shug‘ullangan Rivaldodan 5 ta iqtibos.

Erishgan yutuqlari haqida

Men o‘z mehnatsevarligim sababli hayotda nimagadir erishishga muvaffaq bo‘ldim. Futboldagi barcha yutuqlarim ortida xudoning mehri mavjud. Aynan u menga doimo to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatgan. Men och, kambag‘al bolakay edim. Endi esa, Jahon chempioni va “oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan futbolchiman.

Ochlik haqida

Mening yoshligim ochlik bilan uyg‘unlikda o‘tgan. Ko‘rgan qiyinchiliklarimni hech qachon unutmayman. Bu hayotning menga bergan sinovini, aslida kim bo‘lganimni unutishga haqqim yo‘q.

Nima bilan faxrlanadi?

Men Braziliya terma jamoasi safida 10-raqamda harkat qilganimdan va JCH uchrashuvlarining 14 tasida 8 ta gol kiritganim bilangina faxrlanaman. Qolgan yutuqlarim faxrlanishga arzimaydi.

Oila

Oilasiyo‘q inson hayotda hech narsadan zavq olishga qodir emas. Menga doimo oilam kerak. Ular bilan hayotning turli sovg‘alarini baham ko‘rishni, doimo ularning iliq taftini his etishni istayman.

Futbolchilik siri haqida

Qanday qilib faoliyatim davomida 250 ta gol kiritdim? Men hech qachon maydonda gol kiritish haqida o‘ylamaganman. Shunchaki, o‘yindan lazzat olishni istaganman xolos. Bo‘ldi shuning o‘zi. Shunga qaramay, gol kiritish zavqli ekanini yashirib o‘tirmayman.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 06:37, 22.04.2020.
O'qildi: 10989 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.