Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul 1-1 Chelsi
09/05 17:00 Elche 1-1 Alaves
09/05 18:00 Kalyari 0-2 Udineze
09/05 19:00 Fulhem 0-1 Bornmut
09/05 19:00 Brayton 3-0 Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend 0-0 Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya 2-1 Espanyol
09/05 21:00 Lasio 0-3 Inter
09/05 21:30 Manchester Siti 3-0 Brentford
09/05 21:30 Atletiko 0-1 Selta
09/05 23:45 Lechche 0-1 Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona

Davronjon Ergashev: «Oilaviy duodamiz»

Davronjon Ergashev: «Oilaviy duodamiz»

Baho:
+ | -

«Bunyodkor»ning tojikistonlik legioneri Davronjon Ergashev karantin sababli ayni kunlarda o‘z uyida bo‘lib turibdi. Biz legionerimizning fikrlari bilan qiziqdik.

"O‘zbekistonda karantin e’lon qilinganidan keyin yurtimga, Tojikistonga kelganman. Hozirda Xo‘jand shahrida oila a’zolarim bilan birgaman. Aytishim kerak, kutilmagan ta’til sababli formani yo‘qotib qo‘ymaslik maqsadida kuniga ikki mahaldan mashg‘ulot o‘tkazyapman. Ertalab fitness zalida shug‘ullanayotgan bo‘lsam, tushdan keyin sobiq jamoadoshlarim bilan birga mashg‘ulotlarda qatnashyapman. Garchi ta’tilda bo‘lsa-da, jim o‘tirganim yo‘q.

Albatta murabbiylar bilan aloqada bo‘lib turibman. Aynan ularning ko‘rsatmalari asosida mashg‘ulot o‘tkazyapman.

Yaratganga shukr, Tojikistonda vaziyat yaxshi. Hayot doimgidek davom etmoqda. Hukumat tomonidan koronavirusga qarshi barcha ehtiyot choralari ko‘rilgan. Biz qardosh xalqlarmiz. Shuning uchun doim O‘zbekistonda ham vaziyat tezroq yaxshi tomonga o‘nglanishi tarafdorimiz. Buning uchun duodamiz. Xususan, har kuni ota-onam bilan O‘zbekistondagi hayot odatdagi tarzga qaytishi uchun duo qilyapmiz. Umid qilamanki, hammasi yaxshi bo‘ladi.

Tojikistonda milliy chempionat o‘yinlari boshlandi. Albatta o‘yinlarni kuzatib boryapman, faqat oynai jahon orqali. Boisi, uchrashuvlar hozircha muxlislarsiz o‘tkazilmoqda. Klublarda bir qator o‘zbekistonlik futbolchilar o‘ynayotganidan ham xabarim bor. Xususan, o‘tgan mavsum «Bunyodkor»da to‘p surgan Sanjar Rixsiboyev hozir «Xo‘jand» sharafini himoya qilmoqda. Aytishim kerak, jamoa ishqibozlari Sanjar haqida iliq fikrlarni bildirmoqda. Zero, u bunga munosib, chunki Sanjar qisqa vaqt ichida o‘zini ko‘rsata oldi va haqli ravishda muxlislar mehrini qozondi. Xudo xohlasa Rixsiboyev chiroyli o‘yinlari bilan yana ishqibozlarni xursand qiladi, degan umiddaman.

«Bunyodkor»da e’tiborimni tortgan asosiy jihat shu bo‘ldiki, jamoada barcha, murabbiylar, futbolchilar va boshqalar, hamma bir-birini qattiq hurmat qilar ekan. Jamoa bir oila bo‘lishi kerak deyishadiku, «Bunyodkor» haqiqatdan bir oila. Rosti, tezroq karantin tugasa-yu, jamoa qaytsam, deyman", — dedi Ergashev.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 08:08, 22.04.2020.
O'qildi: 5741 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик