Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Marat Miftaxuddinov: «Yakka tartibda shug‘ullanish bilan jamoaviy mashg‘ulot orasida farq bor»

Marat Miftaxuddinov: «Yakka tartibda shug‘ullanish bilan jamoaviy mashg‘ulot orasida farq bor»

Baho:
+ | -

Karantinda hukumatimiz tomonidan qo‘yilgan talablarga qat’iy amal qilayotgan "Bunyodkor" katta murabbiyi Marat Miftaxuddinovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Barcha qatori men ham karantin qoidalariga qat’iy amal qilgan holda uydaman. Asosiy vaqtim eski uchrashuvlarni tahlil qilib, xatolar ustida bosh qotirish bilan o‘tyapti.

Futbolchilarga uyda shug‘ullanishlari uchun vazifalar berilgan. Buni maksimum darajada nazorat ham qilib turibmiz. Biroq uyda yakka tartibda shug‘ullanish boshqa, jamoaviy mashg‘ulotlar umuman boshqa. Qolaversa, karantin muddati qancha cho‘zilsa yakka tartibdagi mashg‘ulotlar ham cho‘zilaveradi va o‘z-o‘zidan jamoa bo‘lib yig‘ilish ham kechikadi. Bu o‘z-o‘zidan ko‘p narsaga ta’sir qiladi.

Karantin yakunlangach jamoani mashg‘ulot o‘tkazib o‘ziga kelib olishi uchun kamida ikki hafta kerak bo‘ladi. Shunda ham bu ikki hafta davomida birinchi o‘yingacha futbolchilarning jismoniy holatini emas, to‘p bilan muomala va boshqa jihatlarini tayyorlash mumkin. Jismoniy holat o‘yinlar va mashg‘ulotlar orqali yaxshilanadi. Aslida bunday holatlarda jamoani tayyorlash uchun vaqt qancha ko‘p bo‘lsa shuncha yaxshi.

Biz endigina Superligani boshlagandik. Oldimizda O‘zbekiston Kubogi va Liga Kubogi bahslari bor. Bu yog‘iga vaqt kam, o‘z-o‘zidan o‘yinlar orasidagi kun farqi ham qisqaradi. Fikrimcha bu yil hisobidan O‘zbekiston Liga Kubogini o‘tkazmay turgan ma’qul. Zero, Superliga va O‘zbekiston Kubogi orqali Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish mumkin, ammo Liga Kubogining g‘olibligi hech narsa bermaydi. Qolaversa, bu yildan e’tiboran Liga Kubogida qo‘shni yurt jamoalari ham ishtirok etishi lozim edi. Bu albatta yaxshi, biroq qo‘shni yurtda ham o‘yin o‘tkazadigan bo‘lsak o‘z-o‘zidan vaqt, kun kerak bo‘ladi. Bizga hozir o‘sha kunlar yetmasligi mumkin. Yana qaytaraman, bu fikrim shu yilning hisobidan. Bir necha yillik tajribadan kelib chiqib aytaman, jamoa minimum holatda uch kun o‘tkazib, to‘rtinchi kun rasmiy o‘yinda maydonga tushsa maqsadga muvofiq. Aslida uchinchi kun ham o‘ynasa bo‘ladi, faqat bunday ayrim qiyinchiliklarga duch kelish mumkin.

Yevropada maoshni qanchadir foizga kamaytirish g‘oyasi ilgari surilayotganidan xabarim bor. Bunday gap-so‘zlar yurtimizda ham kezib yurganini bilaman. Murabbiy sifatida bunga qarshi emasman. Maoshingni qanchadir qismini shunday qiyin kunlarda xayrli ishlarga ajratish yoqimli va kishini xursand qiladi. Aytganimdek bunga qo‘shilaman, qo‘shilganda ham to‘liq qo‘shilaman, faqat-faqat buning uchun oylik olish kerak, olganda ham o‘z vaqtida olish lozim. Shundagina xotirjam pulingizni xayrli ishlarga sarflaysiz", — Marat Miftaxuddinov.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 15:03, 22.04.2020.
O'qildi: 3157 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.