Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Ayollar futbolida murabbiylikka qo‘l urgan mashhurlar

Ayollar futbolida murabbiylikka qo‘l urgan mashhurlar

Baho:
+ | -

Stadion.uz ayollar futbolida murabbiylikka qo‘l urgan mashhurlar bilan tanishtirib o‘tadi.

Antonio Kabrini, (Italiya, 2012-2017)

Bugungi ro‘yxatimizdagi eng mashhur insonlardan biri. 6 karra skudetto egasi, “Yuventus”ning uzoq yillik yetakchisi va klub safida Yevropa chempionlar kubogi sohibi bo‘lgan futbolchi 1982-yilda o‘tkazilgan Jahon chempionati oltin medallari egasi ham sanaladi. Antonio o‘z faoliyati davomida naqd 5 yil davomida Italiya ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan. Natijlar ham chakki emas. Aynan Kabrini davrida Italiya qizlari o‘z tarixlarida birinchi bor Yevropa chempionatining chorak finaliga qadar yetib boradi.

Afsuski, 2017-yilda bo‘lib o‘tgan Yevropa birinchiligida Kabrini jamoasi olimpiada g‘olibalari Shvesiyani mag‘lub etishgan bo‘lsada, guruhda qolib ketishdi. Bu esa, Antonioning ishdan olinishi bilan yakunlandi. Afsuski, afsonaviy futbolchi afsonaviy murabbiy bo‘la olmadi.

Filipp Nevill, (Angliya, 2018)

Yaqin o‘tmishning eng mashhur futbolchilaridanbiri. “Manchester Yunayted”ning oltin avlodi vakilli 6 karra APL chempioni, Ser Aleksning yoqimtoyi – Fil Nevill ham ayollar futboliga begona emas. Qahramonimiz murabbiylik faoliyati startida birin-ketin omadsizlikka uchraganiga qaramay, 2018-yilda kutilmaganda Angliya ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi.

E’tiborli tomoni shundaki, qahramonimiz qisqa fursatda Angliya ayollar terma jamoasi bilan chiqishib ketdi va natijalar ko‘rsatishni boshlaydi. U boshchiligidagi ayollar jamoasi 2019-yilda bo‘lib o‘tgan JCHda yarim finalga qadar yetib borishni uddaladi. Hozirda barchaning Nevilldan umidi katta. Oldinda inglizlarni o‘z maydonida o‘tadigan (2022) Yevropa birinchiligi kutmoqda. Bugungi kunda ingilizlar har doimgidanda chempionlik uchun yaqin turishibdi.

Igor Shalimov (Rossiya, 2008-2011)

Sobiq Ittifoqning 80-yillar oxiridagi “oltin avlodi” vakili Igor Shalimovning futbolchilik faoliyati havas qilsa arzigulik darajada o‘tgan. “Inter”da 150 dan ortiq uchrashuv o‘tkazgan va Yevropa chempionlar kubogida zafar quchgan futbolchi o‘z vaqtida yoshlar o‘rtasidagi Yevropa chempionligini ham qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Shalimov avvaliga “Ural” jamoasi bilan RPLda omadsizlikka uchragach, uning murabbiylik faoliyatiga nuqta qo‘yilgandek tuyulgan bo‘lsada, afsonaviy futbolchi 2008-yilda yana murabbiylikka qaytdi. Bu safar, Rossiya ayollar terma jamoasi murabbiyi sifatida ish boshlagan Shalimov chakki natijalarga erishmadi. U boshchiligida rus futbolchi qizlari chiroyli o‘yin namoyish etishgan bo‘lsada EVRO-2009da guruhdagi barcha uchrashuvda mag‘lub bo‘lishdi. Keyin JCH-2011saralash bosqichidan o‘ta olmadi. Omadsiz ishtiroklardan so‘ng, Shalimovning o‘zi iste’fo berishga qaror qildi.

Leonardo Kuelyar, (Meksika, 1998-2016)

Leanardo 70-yillarning eng kuchli yarim himoyachilaridan biri edi. UNAM safida qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan barcha musobaqada g‘olib chiqqan futbolchi 1978-yilda bo‘lib o‘tgan JCHda Meksika terma jamoasi safidagi eng yorqin futbol namoyish etgani bilan ko‘pchilikning yodida qolgan.

Ayollar futbolida eng ko‘p faoliyat olib borgan murabbiy 1998-2016-yillarorasida Meksika ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi rolida faoliyat olib bordi. Qahramonimiz uzoq yillik faoliyati davomida Panamerika o‘yinlari va KONKAKAF oltin medallarini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Uni Meksikada ayollar futbolining otasi deb atashadi.

Emme MinYE, (Fransiya, 1994-1997)

“Lion” klubi afsonasi, jamoa safida 400dan ortiq o‘yin o‘tkazgan futbolchisi o‘z davrida “Lion”ni yelkasida ko‘tarib yurgan futbolchi sifatida tarixda qolgan. Uni klub muxlislari hali-hamon klub tarixidagi eng kuchli 11 futbolchidan biri sanaladi.Minye o‘z vaqitida Yevropa chempionlar kubogi yarim finaliga qadar yetib borishni uddalagan kam sonli “Lion” futbolchilaridan biri.

Afsuski, Emme Minyening murabbiylik faoliyati juda omadsiz o‘tdi. AvvaligaFransiyaning autsayder jamoalari bilan muvaffaqiyatsizlikka uchragan murabbiy, 1994-yilda ayollar futbolida o‘zini sinab ko‘rishga qaror qiladi. Minye davrida Fransiya 8 jamoa to‘p surgan Yevropa chempionati saralashidan (1997) zafarli o‘tganini inobatga olmasa, aytarli hech qanday yutuqlarga erishgani yo‘q.

Dik Advokaat (Niderlandiya, 1987)

Futbolchilik faoliyatining deyarli barchasini Gollandiyada o‘tkazgan futbolchi MLSda ham to‘p surishga ulguradi. Keyinchalik murabbiylikka qo‘l urgan qahramonimiz futbolchilikdan ko‘ra ko‘proq yutuqlarga erishdi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Dik Advokat murabbiylik qilgan Gollandiya JCH-1994, Yevro-2004 musobaqalarida yarim finalga qadar yetib kelgan bo‘lsa, “Zenit” u boshqaruvida UEFA kubogi va super kubogini qo‘lga kiritadi.

Ko‘pchilik uning o‘z vaqtida ayollar terma jamoasida faoliyat olib borganidan bexabar bo‘lsa kerak. U ayollar futbolida eng kam faoliyat olib borgan murabbiy sifatida rekord o‘rnatgan. Qahramonimiz 1987-yilda gollandiyalik ayollarga bosh murabbiy etib tayinlangan bo‘lib,u jamoa postida atigi bir dona o‘yin o‘tkazdi xolos. 1987-yilning 23-noyabrida Norvegiya va Gollandiya ayollari o‘rtasidagi uchrashuvda jamoani boshqargan Dik Advokat shogirdlari nursiz durang qayd etishadi. O‘sha uchrashuvning ertasi kuni Advokat o‘z xohishi bilan iste’foga chiqadi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 03:42, 23.04.2020.
O'qildi: 4241 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.