Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

“Barselona” transferga kirishdi

 

Kataloniyaning “Barselona” jamoasi yarim himoyachisi Artur yozda APLga yo‘l olishi mumkin.

Italiyaning “Calciomercato” nashri bergan xabarlarga qaraganda, “Barselona” Arturni sotib yuborish orqali Lautaroni Kataloniya olib kelishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, jamoa “Inter”ga Lautaroning transfer summasining bir qismini qoplash maqsadida o‘z futbolchisini taklif qilib ko‘radi.

Manba bergan xabarlarga qaraganda, Artur bilan “Tottenhem” jamoasi jiddiy qiziqib qolgan. Unga ko‘ra, “Shporlar” “Barselona” futbolchisini Ndombele bilan ayrboshlash variyantini kataloniyalilkarga taklif etgan.

Hozircha, “Barsa” 23 yoshli braziliyalik futbolchining kelajagi borasida yakuniy qarorga kelganicha yo‘q.

Fekirning transfer narxi ma’lum

 

Ispaniyaning “Betis” jamoasi yarim himoyachisi Nabil Fekir yozda “Arsenal” jamoasiga o‘tishi mumkin.

ASnashri bergan xabarlarga qaraganda, “Betis” Fekirni 50 million yevro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor. Klub mutasaddilari amaldagi JCH g‘olibining shartnomasi 2023-yilga qadar mo‘ljallangani va uning yaxshi formada ekanligi uchun 50 milliondan kamiga qo‘yib yubormoqchi emas.

Manba bergan xabarlarga qaraganda, London klubi futbolchining narxini pasaytirishga va uni qo‘lga kiritish uchun o‘z futbolchilaridan birini berishga harakat qilib ko‘radi.

Barinov Bundesligada?!

 

Rossiyaning “Lokomotiv” jamoasi yarim himoyachisi Dmitriy Barinov yozda Bundesligaga yo‘l olishi mumkin.

Rossiyalik futbolchining hizmatlari bilan “Shalke”, “Shtutgart”, “Borussiya M” jamoalari jiddiy qiziqib qolgan. SE nashri bergan xabarlarga qaraganda, futbolchining ozi ham allaqachon nemis tilini o‘rganishni boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, Barinov nemis klublarining e’tiboriga YCHL uchrashuvlaridagi ishonchli oyini evaziga tushishga muvaffaq bo‘ldi.

“Everton” ishga jiddiy kirishdi

 

Angliyaning “Everton” klubi yozda Chiro Immobileni qo‘lga kiritish borasida jiddiy ishlarini amalga oshirmoqda. Citta Celeste nashri bergan xabarlarga qaraganda, 30 yoshli hujumchi uchun “irislar” yiliga 8 million yevrolik shartnoma taklif qiladi. Bu jamoadagi eng katta moash degani.

Hozircha, futbolchining o‘zi transfer borasida hech qanday malumot berganicha yo‘q. Shunga qaramay, Chiro Karlo Anchelotti bilan birga ishlash niyati bor ekanligini yashirib o‘tirmayapti.

Eslatib o‘tamiz, italiyalik hujumchi “A seriya”ning 26 ta uchrashuvida maydonga tushdi va 27 ta gol va 8 ta assistga mualliflik qildi.

Fabregas MLSda?!

 

“Monako” jamoasi yetakchisi Sesk Fabregas yozda jamoasnini o‘zgartirishi tobora yaqinlashib turibdi.

“TheSun” nashri bergan xabarlarga qaraganda, ispaniyalik futbolchi mavsum so‘ngida MLS klubiga o‘tishini o‘zi tan oldi. Hozircha, bu klub qaysi bo‘lishi noma’lum bo‘lib turibdi, biroq katta ehtimol bilan bu “Inter Mayami” bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Fabregas “Liga 1” uchrashuvlarining 18 tasida maydonga tushdi va 3 ta assistni amalga oshirgan.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 04:57, 23.04.2020.
O'qildi: 10632 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.