Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya - Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Bilasizmi? Muhiddin Abduvaliyev "Qo‘qon-1912" to‘purari hisoblanadi

Bilasizmi? Muhiddin Abduvaliyev "Qo‘qon-1912" to‘purari hisoblanadi

Baho:
+ | -

Avval xabar berganimizdek "Qo‘qon-1912" jamoasi bu yil kuchlilar safida 15-mavsumni o‘tkazmoqda. Qo‘qonliklar O‘zbekiston chempionatlari tarixida 431 ta o‘yinda maydonga tushishgan va jami 573 ta gol kiritishgan. Ana shu 573 ta gol 78 nafar futbolchi tomonidan kiritilgan.

Qo‘qonliklar tarkibida eng ko‘p gol urgan futbolchi Muhiddin Abduvaliyev hisoblanadi. Ayni kunlarda jamoamiz murabbiylar shtabida faoliyat olib borayotgan Abduvaliyev, "Qo‘qon-1912" tarkibidagi faoliyati davomida raqib darvozabonlarini 40 marta ranjitgan.

"Qo‘qon-1912" tarixidagi to‘purarlar bilan tanishing.

Eng ko‘p gol Muhiddin Abduvaliyevga tegishli – 40 ta. Keyingi o‘rinda Soli Qurbonov — 34 ta, Rustam Abdullayev — 32 ta, Oydinbek Aliyev — 30 ta, Zohid Nurmatov — 29 ta. Gollardan naqd 44 tasi penaltidan raqib darvozasiga kiritilgan.

Muhiddin Abduvaliyev "Qo‘qon-1912" jamoasining O‘zbekiston chempionatlari tarixidagi ilk goli hamda  yubiley, 300 - golining ham muallifi hisoblanadi. 1992 yildagi chempionatning ikkinchi turida Qo‘qonliklar o‘z maydonlarida Toshkentning "Traktor" jamoasini qabul qilishgan hamda o‘sha o‘yinda Muhiddin Abduvaliyev jamoaning dastlabki golini Toshkentliklar darvozasiga kiritgan.

2000 yilgi O‘zbekiston chempionatining 23-turida “Kimyogar” darvozasiga 300-gol kiritilgan. Mazkur bahsda 4:2 hisobida Qo‘qon jamoasi g‘olib chiqqan. Uchrashuvning 27-daqiqasida Muhiddin Abduvaliyev o‘yindagi ikkinchi va jamoa tarixidagi 300-golga mualliflik qilgan edi.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 11:46, 23.04.2020.
O'qildi: 2282 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.