Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

UYEFA klublarga 70 million yevro to‘lab beradigan bo‘ldi

UYEFA klublarga 70 million yevro to‘lab beradigan bo‘ldi

Baho:
+ | -

UEFA ijroqo‘mi bugun bir qator muhim qarorlarni qabul qildi. Jumladan, tashkilot Yevro-2020 saralash, pley-off va final bosqichi o‘yinlari uchun o‘z o‘yinchilarini terma jamoalarga taqdim etgan klublarga kompensasiya mablag‘larini muddatidan oldin to‘lab berishga qaror qildi.

Qit’a chempionati saralash bosqichida ishtirok etgan, ammo pley-off va finalga bosqichiga chiqa olmagan 39ta terma jamoaning futbolchilari uchun UEFA umumiy miqdorda klublarga 50 million yevro to‘lab beradi.

Pley-off bosqichida ishtirok etadigan 16ta terma jamoa futbolchilari uchun klublarga 17,7 millon yevro to‘lanadi. Kuzda bo‘lib o‘tadigan ushbu bosqich yakunlanganidan keyin yana qo‘shimcha 2,7 million yevro miqdorida mablag‘ taqsimlab beriladi.

Umuman olganda, UEFA Yevro-2020 va Millatlar ligasi musobaqasi uchun o‘z o‘yinchisini taqdim etgan klublarga 200 million yevro ajratgan. Ulardan 70 million yevro saralash bosqichidagi ishtirok uchun, qolgan 130 million yevro esa Yevro-2020dan keyin klublarga beriladi.

Ushbu mablag‘lar UEFAga a’zo 55ta mamlakatning 676ta klubiga taqsimlanadi. Eng kam ulush 3200 yevroga teng bo‘lib, eng ko‘p pul 630 ming yevroni tashkil etadi.

Shu tariqa, klublar iqtisodiy inqiroz paytida UEFAdan shunday yordam olishadi.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 19:19, 23.04.2020.
O'qildi: 4009 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.