Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/10 05:00 Peru - Urugvay
10/10 14:10 Avstraliya 3-1 Xitoy
10/10 19:00 O‘zbekiston 0-0 Eron
10/10 19:00 Iordaniya - Janubiy Koreya
10/10 21:00 Bahrayn - Indoneziya
10/10 21:00 Qatar - Qirg‘iziston
10/10 21:00 Ummon - Kuvayt
10/10 21:00 BAA - KXDR
10/10 23:00 Iroq - Falastin
10/10 23:00 Saudiya Arabistoni - Yaponiya
11/10 01:00 Boliviya - Kolumbiya
11/10 02:00 Ekvador - Paragvay
11/10 02:00 Venesuela - Argentina
11/10 05:00 Chili - Braziliya

Manchester shahri sharafini himoya qiluvchi siz bilmagan klublar

Manchester shahri sharafini himoya qiluvchi siz bilmagan klublar

Baho:
+ | -

Angliyaning Manchester shahri sharafini himoya qiluvchi klub deganda, barchaning hayoliga birinchi navbatda “Yunayted” va “Siti” kelishi turgan gap. Bu shaharning ikki grand klubidan tashqari, yana bir nechta jamoalar Manchester sharafini himoya qilishidan xabaringiz bormi? Xo‘sh ular qaysi klublar? Bugun shu savolga qisqacha javob berib o‘tamiz.

“Solford Siti”

Bu “Solford” so‘nggi 30 yil davomida xatto kubok uchrashuvlarida ham aytarli yutuqlarga erishmagani bois, bu jamoa haqida ko‘pchilik eshitmagan ham bo‘lsa, ajab emas.  Ayni damda Angliyaning 5-dvizionida to‘p surayotgan jamoa aksiyalari Gari Nevill, Fil Nevill, Nikki Batt, Pol Skoulz, Rayan Giggz va Devid Bekxem singari futbolchilarda mavjud. “klass 92” vakillarining barchasida 10 foizdan aksiya bo‘lsa, qolgani barchasi singapurlik ishbilarmon va “Valensiya”ning egasi Piter Limga tegishli. Jamoani shotlandiyalik murabbiy Grem Aleksander boshqarivida sekin-asta yuqori divizionlar sari odimlamoqda. Klub uy uchrashuvlarini 5 ming  muxlisga mo‘ljallangan «Mur Leyn» stadionida o‘tkazadi.

“Rochdeyl”

1907-yilda tashkil topgan jamoa bugungi kunda 6 divizionda harakat qilmoqda. Jamoa o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani 1961/62-yilgi mavsumda qayd etgan bo‘lib, unda “Rochdeyl” Angliya Liga kubogi final uchrashuvida  ishtirok etgan. Uy uchrashuvlarini “Spotlend” arenasida 10 ming muxlis ko‘z o‘ngida o‘tkazuvchi klubning so‘nggi yillarda omadi kelmayapti desak, adashmagan bo‘lamiz. Jamoani 2018-yildan beri yosh va iqtidorli mutaxassis Brayn-Barri Merfi boshqarib kelmoqda.

“Beri”

Angliyaning 3-dmvizionida jon saqlab qolish uchun kurash olib borayotgan “Beri”ning yanada pastga qulab ketishi tobora aniqlashib bormoqda. Musobaqada 24-o‘rinda borayotgan Manchester shahri klubi “Gigg Leyn” stadionida uy uchrashuvlarini o‘tkazishadi. 12500 muxlis ko‘z o‘ngida to‘p suruvchi klub bu mavsumda Chempionshipga chiqishi tahmin qilingan edi, biroq yakunda barchasi omadsiz yakun topdi. Ha aytgancha, bu klub 1885-yilda dunyo yuzini ko‘rgan bo‘lib, 1899/1900, 1902/03 yillarda Angliya kubogida zafar quchishni uddalagan.

“Bolton Uonderers”

Bugungi ro‘yxatimizdagi eng mashxur klub. Yaqin o‘tmishda APLning eng kuchli o‘rtamiyona jamoalaridan biri bo‘lgan klub endilikda “Chempionship”da jon saqlash uchun kurash olib bormoqda.

Klub 90 yillarda ikki bor Angliyadagi kubok finallarida harakat qilgan bo‘lsada, chempionlik qo‘lga kirita olmagan. O‘z vaqtida jamoada Ivan Kampo, Jey-Jey Okocha singari yulduzlar harakat qilgan.Endilikda klubni Kit Hill boshqarib bormoqda. Jamoa o‘z uy uchrashuvlarini “Yunversiti of Bolton” o‘yingohida o‘tkazadi. Arena 30 ming muxlisga mo‘ljallangan bo‘lib, Chempionshipdagi eng zamonaviy stadionlardan biri sanaladi.

“Uigan Atletik”

Bugungi ro‘yxatimizdagi yana bir nomdor klub. Bugungi kunda “Uigan” APLdan juda uzoqlashib ketgani yo‘q. Jamoa bir necha yillardan beri Chempionshipda munosib ishtirok etib kelmoqda. Yusi Yaskelaynen, Djulius Agaxova singari ijrochilar harakat qilgan klub bundan bir necha yillar ilgari Roberto Martines qo‘l ostida yaxshigina shov-shuv ko‘targani ko‘pchilikning yodidan ko‘tarilmgan bo‘lsa,ajab emas. “Di Dabl Yu” stadioni jamoaning qo‘rg‘oni sanaladi. O‘z bag‘riga 25 ming muxlisni sig‘dirishga qodir o‘yingoh yaqin 5 yil ichida APL uchrashuvlarini qabul qilishi mumkin. Gap shundaki, tez orada klub yangi xo‘jayinlar qo‘liga o‘tishi borasida Britaniya nashrlari ma’lum qilmoqda.

“Oldem Atletik”

Chempionshipdan keyingi darajadagi divizionda kurash olib borayotgan yana bir Manchester shahri klubi. O‘z uy uchrashuvlarini 13 ming muxlisga mo‘ljallangan “Bundari Park”da o‘tkazadi. Mazkur jamoaga Dino Mamriya bosh murabbiylik qilmoqda. Jamoa uzoq o‘tmishda naqd to‘rt bor kubok bahslarining yarim finallariga qadar yetib kelgan bo‘lsada, aytarli hech qanday yutuqni qo‘lga kiritganicha yo‘q.

“Stokport Kaunti”

Angliyaning 6-divizionida to‘p suruvchi jamoa haqida ko‘pchilik eshitmagan ham bo‘lsa, ajab emas. Jim Gennon boshchiligida eng quyi ligada ham jon saqlab qolish uchun harakat qilayotgan jamoa 10 ming muxlisga mo‘ljallangan “Enjli Park”da o‘z uy uchrashuvlarini o‘tkazib kelmoqda. Klub so‘nggi 50 yil davomida birorta musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etganicha yo‘q.

“Oldtringem”



Angliyaning 6-divizionida to‘p surayotgan yana bir jamoa. Fil Parkinson boshchiligidagi klub ayni damda “Most Leyn” stadionida 6 ming muxlis ko‘z oldida uy uchrashuvlarini o‘tkazib kelmoqda.

“Xayd Yunayted”, “Droylsden” va  “Ashton Yunayted” singari jamoalar ham Manchester shahri sharafini himoya qilib kelmoqda, biroq bu jamoalar yarim professional bo‘lgani bois ularga alohida to‘xtalib o‘tmadik.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 07:05, 24.04.2020.
O'qildi: 6826 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.