Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

Ferran Torres kelajagi uchun ikkita variantni tanladi

Ferran Torres kelajagi uchun ikkita variantni tanladi

Baho:
+ | -

Kataloniyaning «Barselona» klubida to‘p surayotgan ispaniyalik hujumchi Ferran Torres o‘z kelajagi borasida bir qarorga keldi. Bu haqda jurnalist David Bernabeu xabar bermoqda.

Insayderga ma’lum bo‘lishicha, hujumchi faoliyatini davom ettirish bo‘yicha ikkita variantni ko‘rib chiqishga tayyor: yangi shartnoma imzolash yoki klubni erkin agent sifatida tark etish. Ferran «Barselona»dan transfer orqali (klubga pul olib keladigan sotuv sifatida) ketishni istamayapti.

26 yoshli hujumchi kataloniyaliklar safini 2022 yilning yanvar oyida to‘ldirgan edi. Torresning «ko‘k-anorranglilar» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetadi. Transfermarkt portali ekspertlari Ferranning transfer qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 12:33, 19.05.2026.
O'qildi: 1024 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик