Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa 2-1 Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor 2-0 Surxon
12/04 17:00 Dinamo 1-2 Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna 1-1 Betis
12/04 18:00 Parma 1-1 Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas 2-1 Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest 1-1 Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend 1-0 Tottenhem
12/04 18:15 Andijon 1-2 OKMK
12/04 19:15 Malyorka 3-0 Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi 0-3 Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya 2-0 Lechche
12/04 21:30 Selta 0-3 Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo 3-4 Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe
14/04 18:00 Xorazm - Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor - Neftchi

Niderlandiya klubi mamlakat futbol federasiyasini sudga bermoqchi

Niderlandiya klubi mamlakat futbol federasiyasini sudga bermoqchi

Baho:
+ | -

Niderlandiyaning "Utrext" klubi mamlakat Qirollik Futbol Ittifoqini (KNVB) bugungi qabul qilgan qarori uchun sudga berish harakatida yuribdi, deya xabar bermoqda VTBL portali.

Niderlandiya Qirollik Futbol Ittifoqinining qabul qilgan qaroriga ko‘ra, "Utrext" klubi yevrokuboklarda ishtiroq etish huquqidan chetda qoldi va Yevropa Ligasining ikkinchi saralash bosqichiga "Villem II" klubi yo‘l oldi. Qaror qabul qilinayotgan paytda "Utrext" "Villem II" klubidan uch ochko ortda qolayotgan edi, lekin bitta zahira o‘yiniga ega edi. Bundan tashqari, "Utrext" Niderlandiya Kubogi finaliga ham yo‘l olgandi va agar finalda g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, Yevropa Ligasining saralash bosqichiga yo‘l olardi.

Oldinroq OAV orqali KNVB mamlakat Kubogi g‘olibligini "Feyonoord" klubiga avtomatik ravishda berib yuborgani e’lon qilingan edi. Chunki, "Feyonoord" neytral maydon egasi sifatida aniqlangandi.

"Utrext" klubi yuristlari ushbu masalani hal qilish niyatida. KNVB fikriga ko‘ra, bugungi qabul qilingan qarorlar UYEFA ko‘rsatmasiga mos keladi. "Utrext" klubi esa bu qarorlarning barchasidan norozi.

Eslatib o‘tamiz, Niderlandiya Qirollik futbol Ittifoqi (KNVB) Erediviziya mavsumini muddatdan oldin yakunlashga qaror qildi. Mamlakatda joriy mavsum chempioni aniqlanmadi.

Kiritildi: 23:25, 24.04.2020.
O'qildi: 2608 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик