Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Davron Fayziyev maqolasi: «Eng yaxshi murabbiy»

Davron Fayziyev maqolasi: «Eng yaxshi murabbiy»

Baho:
+ | -

Eng zo‘r o‘yinchilardan zo‘r murabbiy chiqmaydi deyishadi. Balki shundaydir. Ammo hamma joydayam istisno bo‘ladi. Men ana shunday eng kuchli o‘yinchining eng zo‘r murabbiy bo‘laniga guvohman. Maydonda tengsiz edi, ham iste’dod, ham mehnat uyg‘unlashgan edi. Jamoa yuragi, maydonni barchadan yaxshiroq ko‘ra olardi hamda o‘yinni kuchaytira olardi. Murabbiylikda esa shogirdlari butun bir jamoa bo‘lgan taqdirda ham ularning barchasiga individual yondoshdi. Ko‘pchiligiga katta faoliyati boshida turtki berdi. Og‘ir kunda qo‘llab-quvvatladi. Kasbiy va hayotiy tajribasini baxam ko‘rdi.

Bugungi kunda ushbu buyuk ustoz-murabbiy oramizda yo‘q. Lekin u xaqdagi xotiralarni biz albatta avloddan avlodga yetkazamiz.

U futbol bilan yashadi, shu sababli futbolchi va murabbiyga qiyos qildim. Aslida bu gaplar sport jurnalistikasi va sharhlovchilik sohasining buyuk vakili Davlat Turdialiyevga atalgandi.

Ustozimiz Davlat Turdialiyev sharhlovchilikda tengsiz edi, barcha yosh ijodkorlarga sohani o‘rgatishda ham o‘sha darajani saqlab qolganlar. Sharhlovchilikni yangi bosqichga olib chiqdilar, katta maktab yaratdilar. Yana ko‘p yaxshi ishlar qilganlar, sanog‘i yo‘q. Televideniyaga kirib borgan kunimdan boshlab to ular bilan vidolashgunga qadar bu inson tilidan faqat insoniylikka targ‘ibotni eshitganman. Bugun birgina shogird kamoli uchun qancha vaqt, kuch, sabr, asab sarflanishi kerakligini tushunib yetyapmiz, his etyapmiz. Davlat Turdialiyev esa o‘nlab shogirdlarining boshini silagan katta yurak sohibi edi.

Davlat aka 25 aprel kuni dunyoga kelganlar. Mana bugun ularning mazmunli suhbatlari, hazillari, samimiy kulgularini eslab ko‘zga yosh kelyapti. Inson qancha yashagani emas, qanday yashagani muhim deyishadi. Davlat aka qanday yashaganini bugun shogirdlari yozayotgan xotiralardan bilib oling. Va ishoning, bu o‘ndan biri ham emas.
 
Ustozimiz Davlat Turdialiyevni Alloh rahmat qilsin..

Davron Fayziyev.

Manba: https://t.me/Davron_Fayziev
Kiritildi: 14:54, 25.04.2020.
O'qildi: 4405 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.