Rimning "Lasio" klubi yarim himoyachisi Luis Alberto Alvaro Torresning agenti, mijozi klubi bilan yaqin kunlar ichida yangi shartnoma tuzishi haqida fikr bildirdi.
"U "Lasio"ning to‘laqonli futbolchisiga aylandi. U jamoaning haqiqiy yarim himoyachisiga aylandi. Biz klub bilan doim aloqadamiz va muzokaralarning yakuniy bosqichidamiz. U yaqin kunlar ichida "Lasio" bilan yangi bitim tuzishiga ishonaman", - agentning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Calcioomercato.it sayti.